11 814.050 so‘m

increase

11.860

13 482.190 so‘m

decrease

-45.480

139.930 so‘m

increase

0.060

11 814.050 so‘m

increase

11.860

Yaqin 1 soat ichida
Bank
43

ANORBANK aksiyadori Qahramonjon Olimov Interpol qidiruviga berildi

ANORBANK kuzatuv kengashi aʼzosi va 49,4 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi Qahramonjon Olimovga nisbatan Interpolning qizil xabarnomasi eʼlon qilindi. Avvalroq OAV uning Oʻzbekistonda sirtdan hibsga olingani haqida xabar bergan edi. Interpolning ochiq qaydida qidiruvga sabab boʻlgan ayblov koʻrsatilmagan. 

ANORBANK aksiyadori Qahramonjon Olimov Interpol qidiruviga berildi

ANORBANK kuzatuv kengashi aʼzosi va aksiyadori Qahramonjon Olimov Interpolning ochiq qidiruv roʻyxatiga kiritildi. Unga oid qizil xabarnoma 2026-67852 raqami bilan eʼlon qilingan. Qaydda Olimov 1977 yil 7 mayda Andijon viloyatida tugʻilgani koʻrsatilgan, ammo uni qaysi davlat va qanday ayblov asosida qidirayotgani ochiqlanmagan.

18 sentabr kuni The Insider Olimovga yaqin manbaga tayanib, Oʻzbekiston sudi uni sirtdan hibsga olgani va xalqaro qidiruvga bergani haqida yozgan edi. Nashrga koʻra, u odam oʻgʻirlashni tashkil etishda ayblanmoqda. Oʻsha paytda ish boʻyicha sud qarori yoki Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlarining rasmiy bayonoti ochiqlanmagan.

Gap Olimovning 2025 yil yozida Fransiyada oʻgʻirlab ketilgani haqidagi voqea bilan bogʻliq. U Parijda olib qochilgani, Nitssa yaqinida ushlab turilgani va undan 10 mln dollar talab qilinganini bildirgan edi. Keyinchalik The Insider va Fransiyaning L’Express nashri surishtiruvida ushbu voqea tafsilotlari orasidagi ziddiyatlar keltirilgan. Nashr manbasi oʻgʻirlash sahnalashtirilgan boʻlishi mumkinligini daʼvo qilmoqda. Bu holat sudda isbotlangani haqida maʼlumot yoʻq.

Interpol xabarnomasida ishning tafsilotlari berilmagani uchun u aynan The Insider yozgan ayblov yuzasidan chiqarilganini hozircha tasdiqlab boʻlmaydi.

24 sentabr holatidagi davlat reyestriga koʻra, Olimov ANORBANK aksiyalarining 49,4 foiziga egalik qiladi. Bankning 50 foiz ulushi Niderlandiyada roʻyxatdan oʻtgan Bekamin B.V. kompaniyasiga, qolgan 0,6 foizi “Kapital sugʻurta” AJga tegishli.

ANORBANK avvalgi xabarlarga munosabat bildirib, masala aksiyadorlardan birining shaxsiy ishiga oid ekanini maʼlum qilgan. Bankka koʻra, bu holat uning kapitali, boshqaruvi va operatsion faoliyatiga taʼsir qilmagan, mijozlarga xizmat koʻrsatish odatdagi tartibda davom etmoqda.

Interpol qizil xabarnomani shaxsni topish va ekstraditsiya masalasi koʻrilguncha vaqtincha hibsga olish haqidagi xalqaro soʻrov sifatida taʼriflaydi. Xabarnomaning oʻzi ayblov hukmi hisoblanmaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+