12 044.720 so‘m

decrease

-11.180

13 525.020 so‘m

decrease

-47.510

145.460 so‘m

increase

1.300

12 044.720 so‘m

decrease

-11.180

3 soat avval
Iqtisodiyot
59

Nizomiy universitetining asosiy binosi 269 mlrd soʻmga qayta sotuvga qoʻyildi

Toshkent shahridagi Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining asosiy oʻquv binosi auksionga chiqarildi. Obektning boshlangʻich narxi 269,2 mlrd soʻm etib belgilangan. Xaridor binoni 2029 yil oxirigacha kutishiga toʻgʻri kelishi mumkin.

Nizomiy universitetining asosiy binosi 269 mlrd soʻmga qayta sotuvga qoʻyildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi asosiy oʻquv binosini auksionga chiqardi.

“Chilonzor” metro bekati yaqinida joylashgan toʻrt qavatli binoning umumiy maydoni 9 107 kvadrat metrni tashkil etadi. Obʼektga 1,675 gektar yer uchastkasi biriktirilgan boʻlib, uning boshlangʻich narxi 269,2 mlrd soʻm etib belgilangan.

Auksion 26 oktabr kuni soat 10:00 da oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Universitetning eski kampusidagi yordamchi inshootlar ham alohida lot sifatida sotuvga qoʻyilgan. Ular orasida uch qavatli oshxona, ikki qavatli kutubxona va sport maydonchasi mavjud.

Mazkur obʼektlarning umumiy bino maydoni 1 818 kvadrat metrni, yer uchastkasi esa 1,43 gektarni tashkil etadi. Lotning boshlangʻich narxi 207,24 mlrd soʻm etib belgilangan.

Shu tariqa, eski kampus hududidagi jami 3,1 gektar yerga ega ushbu ikki lotning boshlangʻich qiymati 476,4 mlrd soʻmni tashkil etmoqda.

Savdo shartlariga koʻra, xaridorlar obʼektlar negizida nodavlat taʼlim muassasasini tashkil etishi kerak. Universitetning Yangi Toshkentga koʻchirilishi munosabati bilan binolar xaridorlarga 2029 yil oxiridan kechiktirmay topshirilishi nazarda tutilgan.

Taqqoslash uchun, Pinkod 22 iyun kuni xabar berganidek, universitetning Bunyodkor shohkoʻchasi, 27-uyda joylashgan 5,64 gektarlik asosiy kampusi dastlab yaxlit lot sifatida 886,6 mlrd soʻmga savdoga chiqarilgan edi. Biroq auksion yakunida obʼekt sotilmagan.

Hozirgi savdolarda kampusning ayrim qismlari alohida lotlarga ajratilgan.

Bundan tashqari, avgust oyida universitetning Toshkentdagi yana toʻrtta obʼekti jami 1,008 trln soʻm boshlangʻich narxda sotuvga qoʻyilgandi. Ular orasida Tabiiy fanlar, Harbiy taʼlim va Filologiya fakultetlari binolari, shuningdek, universitet yotoqxonalari mavjud.

Universitetning mavjud obʼektlarini xususiylashtirish uning Yangi Toshkentdagi kampusga bosqichma-bosqich koʻchirilishi bilan bogʻliq.

Joriy yilning 23 avgust kuni yangi kampusning birinchi bosqichi foydalanishga topshirilgan. Umumiy maydoni 40 gektar boʻlgan majmuada 20 ming talabaga moʻljallangan oʻquv binolari va 5 ming oʻrinli talabalar turar joylarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+