12 141.940 so‘m

increase

26.970

14 289.850 so‘m

increase

29.320

162.630 so‘m

increase

0.560

12 141.940 so‘m

increase

26.970

2 soat avval
Bank
27

“Mikrokreditbank” boshqaruv raisi Orif Butayev qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

Orif Butayev bir vaqtning oʻzida Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga ham rahbarlik qiladi. U tayinlovga qadar 2020 yildan buyon “Mikrokreditbank” boshqaruv raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

“Mikrokreditbank” boshqaruv raisi Orif Butayev qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

Prezident qarori bilan Orif Butayev Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Butayev ushbu lavozim bilan bir vaqtda qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari ham hisoblanadi.

U tayinlovga qadar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Orif Aliboyevich Butayev 1983 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. U 2006 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini “Bank ishi” yoʻnalishi boʻyicha, 2012 yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini “Investitsiyalarni boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Butayev mehnat faoliyatini 2006 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida boshlagan. Dastlab Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamentida 1-toifali iqtisodchi boʻlib ishlagan. Keyingi yillarda Markaziy bank tizimida yetakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, shoʻba mudiri, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi hamda departament direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2016–2018 yillarda u Markaziy bankning Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamentiga rahbarlik qilgan. 2018 yilda Kredit axborotining davlat reestrini yuritish departamenti direktori boʻlgan. 2018–2019 yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2019 yil noyabridan 2020 yil fevraligacha “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2020 yildan buyon “Mikrokreditbank” tizimida rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan. Xususan, 2020 yil fevralidan 2024 yil martigacha bank boshqaruv raisi, 2024 yil martidan esa bank boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.


Avvalroq “Asakabank” boshqaruv raisi Olmazor tumani hokimi etib tayinlangan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+