12 001.940 so‘m

increase

4.110

13 973.860 so‘m

increase

5.990

166.670 so‘m

decrease

-0.640

12 001.940 so‘m

increase

4.110

7 soat avval
Texnologiya
43

Meta Instagram, Facebook va WhatsApp uchun pullik obunalarni ishga tushirdi

Meta Instagram, Facebook va WhatsApp foydalanuvchilari uchun yangi “Plus” pullik obuna rejalarini global miqyosda ishga tushirdi. Kompaniya, shuningdek, bizneslar, kontent yaratuvchilar va Meta AI foydalanuvchilari uchun “Meta One” nomli yangi obuna paketlarini sinovdan oʻtkazadi.

Meta Instagram, Facebook va WhatsApp uchun pullik obunalarni ishga tushirdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Instagram Plus va Facebook Plus obunalari oyiga $3,99, WhatsApp Plus esa $2,99 turadi. Ushbu rejalar foydalanuvchilarga profilni shaxsiylashtirish, Story statistikasi, qoʻshimcha reaksiyalar, maxsus ilova ikonkalari va boshqa funksiyalardan foydalanish imkonini beradi.

Instagram Plus orqali foydalanuvchilar Story’larni kimlar qayta koʻrganini bilish, Story muddatini 24 soatdan koʻproqqa uzaytirish, tomoshabinlar roʻyxatida koʻrinmasdan Story koʻrish va postlarni obunachilar lentasida chiqarmasdan profilga joylash kabi imkoniyatlarga ega boʻladi.

Facebook Plus ham shunga oʻxshash funksiyalarni taklif qiladi. WhatsApp Plus esa app mavzulari, maxsus qoʻngʻiroq ohanglari, qoʻshimcha pin qilingan chatlar va premium stikerlar kabi imkoniyatlarni oʻz ichiga oladi.

Meta’ning taʼkidlashicha, yangi Plus obunalari Meta Verified oʻrnini bosmaydi. Meta Verified asosan akkauntni tasdiqlash, soxta profillardan himoya va qoʻshimcha yordam xizmatlariga qaratilgan.

Shu bilan birga, kompaniya Meta AI uchun ham pullik rejalarni sinovdan oʻtkazadi. Meta One Plus oyiga $7,99, Meta One Premium esa $19,99 etib belgilangan. Premium reja murakkab soʻrovlar uchun koʻproq hisoblash quvvati, chuqurroq “thinking mode”, shuningdek, rasm va video generatsiyasi imkoniyatlaridan kengroq foydalanishni taklif qiladi. Meta AI esa oddiy foydalanuvchilar uchun bepul qoladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+