Markaziy bank qarori asosida bir qator banklarning litsenziyalari qayta rasmiylashtirildi
Jumladan, Smart bank nomi Open bankʼga oʻzgartirildi, “Hayot bank” va “Anor bank” manzillarini yangiladi, shuningdek, Eronning “Soderot” banki Toshkentdagi shoʻbasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirdi. Shu munosabat bilan mazkur banklarga berilgan faoliyat litsenziyalari qayta rasmiylashtirildi.

Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq, bir qator tijorat banklariga berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar qayta rasmiylashtirildi. Qaror quyidagi oʻzgarishlarga taalluqli:
Smart bank aksiyadorlik jamiyati nomi Open bank aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirilgani, shuningdek, uning joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarishi munosabati bilan litsenziya qayta rasmiylashtirildi.
“Hayot bank” aksiyadorlik jamiyatining joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi bois litsenziya yangilandi.
“Anor bank” aksiyadorlik jamiyatining ham joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi sababli litsenziya qayta rasmiylashtirildi.
Eronning “Soderot” banki Toshkent shahridagi shoʻba banki tashkiliy-huquqiy shaklini “shoʻba” jamiyat shaklidan ”aksiyadorlik jamiyati“ shakliga oʻtkazdi. Shu bilan birga, bank nomi “Soderot bank” etib belgilandi va joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgartirildi. Mazkur oʻzgarishlar asosida litsenziya qayta rasmiylashtirildi.