12 531.780 so‘m

increase

75.530

14 538.120 so‘m

increase

76.410

159.820 so‘m

increase

1.460

12 531.780 so‘m

increase

75.530

2 kun avval
Iqtisodiyot

Korzinka, Havas yoki Makro: qaysi chakana savdo tarmogʻi eng koʻp savdo qiladi?

Soliq qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning dastlabki besh oyida yetti yirik savdo tarmogʻining umumiy tovar aylanmasi 7,1 trillion soʻmdan oshgan. Tahlil shuningdek, ushbu tarmoqlardagi xodimlar soni, ularning oʻrtacha oylik ish haqi va davlat byudjetiga toʻlangan soliq miqdorlarini ham oʻz ichiga oladi.

Korzinka, Havas yoki Makro: qaysi chakana savdo tarmogʻi eng koʻp savdo qiladi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Soliq qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistondagi yettita yirik chakana savdo tarmogʻining umumiy tovar aylanmasi 7,1 trillion soʻmdan oshgan. Ushbu tarmoqlar mamlakat chakana savdo bozorining 43 foizini egallab turibdi.

Yirik savdo tarmoqlariga Korzinka, Havas, Makro, Olma, Baraka, Magnum va bi1 kiradi. Ular besh oy davomida 12 557 turdagi mahsulotni 1 million 907 ming 620 nafar xaridorga sotgan. Oʻrtacha xarid (chek) miqdori esa 72 860 soʻmni tashkil qilgan.

Soliq tushumlari

Yirik savdo tarmoqlarining davlat byudjetiga toʻlagan soliq miqdori quyidagicha:

  • Korzinka — 140,45 mlrd soʻm
  • Makro — 17,73 mlrd soʻm
  • Havas — 17,35 mlrd soʻm
  • Olma — 10,45 mlrd soʻm
  • Baraka— 4,99 mlrd soʻm
  • Magnum — 2,34 mlrd soʻm
  • bi1 — 2,15 mlrd soʻm

Mazkur koʻrsatkich boʻyicha Korzinka eng koʻp soliq toʻlagan tarmoq boʻlib, qolgan barcha tarmoqlarni birga hisoblaganda ham riteylning toʻlagan soliqlari miqdoriga yaqinlasha olmaydi.

Oʻrtacha chek miqdori

  • Korzinka — 140 452 soʻm
  • Baraka— 72 575 soʻm
  • Magnum — 67 112 soʻm
  • Makro — 54 457 soʻm
  • Havas — 37 392 soʻm
  • Olma — 33 632 soʻm
  • bi1 — 24 447 soʻm

Bu yerda ham yana Korzinka yaqqol ustunlik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarda mos ravishda Baraka va Magnum joylashgan. 

Xodimlar soni va ish haqi

Yetti yirik tarmoqda jami 22 760 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Ular besh oyda jami 655,26 milliard soʻm ish haqi olgan. Bu xodimlar uchun oʻrtacha oylik ish haqi 5,8 million soʻmni tashkil qilgan.

  • Korzinka — 13 173 nafar
  • Havas — 3 432 nafar
  • Olma — 2 103 nafar
  • Makro — 2 068 nafar
  • Magnum — 851 nafar
  • Baraka— 794 nafar
  • bi1 — 521 nafar

Korzinka nafaqat savdo hajmi, balki ish oʻrinlari yaratish boʻyicha ham peshqadam. Bu uning infratuzilmasi, doʻkonlar soni va xizmat koʻrsatish tarmogʻining kengligi bilan izohlanadi. Undan keyingi oʻrinlarda esa diskaunter — Havas va Olma marketlar tarmogʻi joylashgan. 

Oʻrtacha ish haqi

  • Korzinka — 6,5 mln soʻm
  • Baraka— 5,3 mln soʻm
  • Magnum — 5,1 mln soʻm
  • Makro — 5 mln soʻm
  • Havas — 4,4 mln soʻm
  • Olma — 4,3 mln soʻm
  • bi1 — 3,8 mln soʻm

Bu koʻrsatkichlarga qarab xulosa qilish mumkinki, Korzinka nafaqat eng koʻp ishchi ishlatmoqda, balki eng yuqori oʻrtacha ish haqini ham taklif qilmoqda.

Avvalroq, Pinkod Qozogʻistonning Magnum kompaniyasi Oʻzbekistondagi tarmoqlarini nega yopayotgani haqida yozgan edi

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+