11 997.830 so‘m

increase

18.190

13 967.870 so‘m

increase

66.700

167.310 so‘m

decrease

-0.210

11 997.830 so‘m

increase

18.190

10 soat avval
Bank
54

Kichik biznes uchun garovsiz mikrokredit limiti 200 million soʻmgacha oshiriladi

Kichik va oʻrta biznes subʼektlari uchun kredit olish jarayonini soddalashtirish maqsadida yagona raqamli moliyaviy platforma ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Platforma orqali tadbirkorlar bir nechta bank takliflarini solishtirib, oʻziga maqbul shartlarni tanlay oladi. 2026 yil 1 dekabrdan esa unda sunʼiy intellektga asoslangan muqobil skoring modeli joriy etiladi.

Kichik biznes uchun garovsiz mikrokredit limiti 200 million soʻmgacha oshiriladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish hamda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda tadbirkorlar uchun kredit olish jarayonini soddalashtirish, bank xizmatlariga kirish imkoniyatini kengaytirish va moliyalashtirishda raqamli yechimlardan foydalanish masalalari koʻrib chiqildi.

Bugungi kunda kichik va oʻrta biznesga ajratilgan kreditlar portfeli 218 trillion soʻmni tashkil etmoqda. Bu yalpi ichki mahsulotning 12 foiziga teng. Shu bilan birga, taʼminotsiz onlayn mikrokreditlar ulushi hali ham pastligicha qolmoqda. Bunday kreditlarni ajratish jarayoni oʻrtacha 7 kungacha vaqt oladi.

Tadbirkorlar uchun yana bir muammo — kredit olishda turli banklarning takliflarini bir joyda koʻrish, solishtirish va oʻziga maqbul shartlarni tanlash imkoniyati yoʻqligi ekani qayd etildi.

Shu bois raqamli moliyaviy platformani ishga tushirish taklif qilindi. Platforma orqali tadbirkor kredit olish uchun ariza yuboradi, bir nechta bankdan tijorat takliflarini oladi va ularni taqqoslab, oʻziga qulay variantni tanlaydi.

Platforma “Elektron hukumat” tizimidagi raqamli maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilinadi. Kichik va oʻrta biznes subʼektlariga oid maʼlumotlar avtomatik shakllantirilib, banklarga taqdim etiladi. Bu hujjat yigʻish, ortiqcha vaqt sarflash va inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

2026 yil 1 dekabrdan boshlab platforma doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida muqobil skoring modeli joriy etiladi. Anʼanaviy skoring asosan kredit tarixiga tayansa, yangi model biznes faolligi, kommunal toʻlovlar, aylanmalar, soliq va boshqa raqamli maʼlumotlarni ham hisobga oladi.

Bu kredit tarixi mavjud boʻlmagan tadbirkorlarni ham baholash va ularning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga yordam beradi.

Kelgusida sunʼiy intellekt asosida tadbirkorning kredit tarixini yaxshilash, ehtimoliy xatarlarni baholash hamda biznesni rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar shakllantirish imkoniyati ham yaratiladi.

Tijorat banklari tomonidan “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushirish ham rejalashtirilmoqda. Dastur mahallalarning ixtisoslashuvi va oʻsish nuqtalarini hisobga olgan holda biznes gʻoyalarni ishlab chiqish hamda ularni moliyalashtirish imkoniyatlarini aniqlashga koʻmaklashadi.

Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida ham qoʻshimcha yengilliklar belgilanmoqda. Avval mikrokreditdan foydalangan va ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar uchun mikrokreditning garovsiz qismi 100 million soʻmdan 200 million soʻmgacha oshiriladi.

Bundan tashqari, kredit yoki lizing miqdoridan qatʼi nazar, uning 5 milliard soʻmgacha boʻlgan qismi uchun foiz xarajatlari kompensatsiya qilinadi.

Har yili faoliyatini kengaytirgan va yuqori natija koʻrsatgan 100 ta tadbirkorlik subʼektiga raqamlashtirish, xalqaro standartlar va “yashil” texnologiyalarni joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar uchun 300 million soʻmgacha grant ajratish taklif etildi.

Prezident taqdim etilgan takliflarni maʼqullab, kredit tarixiga ega boʻlmagan kichik va oʻrta biznes subʼektlari uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ke

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+