12 531.780 so‘m

increase

75.530

14 538.120 so‘m

increase

76.410

159.820 so‘m

increase

1.460

12 531.780 so‘m

increase

75.530

2 kun avval
Iqtisodiyot

Ketma-ket pasayishlardan soʻng dollar rasmiy kursi koʻtarildi

AQSh dollarining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati 45,26 soʻmga koʻtarilib, 12 456,25 soʻmni tashkil etdi.

Ketma-ket pasayishlardan soʻng dollar rasmiy kursi koʻtarildi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025 yil 25 iyundan boshlab kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, AQSh dollarining kursi 45,26 soʻmga koʻtarilib, 12 456,25 soʻmni tashkil etdi.

Valyuta kurslari quyidagicha belgilandi:

  • AQSh dollari — 12 456,25 soʻm (+45,26 soʻm)

  • Yevro — 14 461,71 soʻm (+223,82 soʻm)

  • Rossiya rubli — 158,36 soʻm (-0,02 soʻm)

  • Funt sterling — 16 952,96 soʻm (+342,09 soʻm)

Mazkur koʻtarilish dollarning ketma-ket pasayishidan keyin sodir boʻldi. Soʻnggi 30 kun ichida AQSh dollarining soʻmga nisbatan qiymati qariyb 500 soʻmga pasaygan. Jumladan 24 iyun kungi kursga koʻra, dollar kursi soʻnggi 17 oy ichidagi minimium — 12 410,99 soʻmgacha pasaydi. Dollarning bunday qiymati oxirgi marotaba 2024 yil yanvar oyining boshida qayd etilgan edi. 


Avvalroq, S&P Global reyting agentligi kelgusi uch yildagi rasmiy kursi boʻyicha prognozlarini taqdim etgan edi

Unga koʻra dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati:

  • 2025 yilda — 13,566 soʻm

  • 2026 yilda — 14,244 soʻm

  • 2027 yilda — 14,957 soʻm

  • 2028 yilda — 15,704 soʻm

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+