12 149.550 so‘m

increase

8.640

14 087.400 so‘m

increase

34.300

150.440 so‘m

increase

1.030

12 149.550 so‘m

increase

8.640

4 kun avval
Bank

Kapitalbank 9 oyda 1,1 trln soʻmdan koʻproq sof foyda oldi

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 25,5 foiz yoki 234,7 mlrd soʻmga yuqoridir.

Kapitalbank 9 oyda 1,1 trln soʻmdan koʻproq sof foyda oldi
Foto: AI / Pinkod.uz

Kapitalbank 2025 yilning yanvar–sentabr oylarini oʻz ichiga olgan moliyaviy hisobotini taqdim etdi. Unga koʻra, bank sof foydasida oʻsish kuzatilgan.

Hisobot maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 9 oyida Kapitalbank 1 trln 156 mlrd soʻm sof foyda olgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 25,5 foizga yuqori. Taqqoslash uchun, 2024 yilning 9 oyida bankning sof foydasi 921,9 mlrd soʻmni tashkil etgan edi.

Mazkur davrda bank 5,6 trln soʻmlik foizli daromadlar olgan boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 30 foizga kamdir. Shu bilan birga, foizsiz daromadlar 4,1 trln soʻmni tashkil qilgan. Bu avvalgi yilga nisbatan 72,8 foizga koʻproqdir.

Xarajatlar qismida bank xodimlari ish haqi va boshqa xarajatlar uchun 795,5 mlrd soʻm sarflagan. Daromad soligʻi toʻlovi esa 218,6 mlrd soʻmni tashkil qilgan.


Eslatib oʻtamiz, Kapitalbank 2025 yilning birinchi yarim yilligida 602,4 mlrd soʻm sof foyda olgan edi

Oʻsha paytda bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizga kam boʻlgan. Biroq 9 oylik yakunlar boʻyicha bank sof foydasi yana oʻsishga erishgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+