12 158.130 so‘m

decrease

-33.120

14 166.650 so‘m

increase

55.280

153.980 so‘m

decrease

-0.220

12 158.130 so‘m

decrease

-33.120

Yaqin 13 daqiqa ichida
Bank
26

“Kafolat sugʻurta” ustav kapitaliga yangi aksiyador qoʻshilishi kutilmoqda

“Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJ ustav aksiyador 240 mlrd soʻmga oshirish uchun 24,5 mlrd dona yangi aksiya chiqarishni rejalashtirmoqda. 

Aksiyalar yopiq obuna orqali joylashtiriladi, aksiyadorlar imtiyozli huquqidan foydalanmagan taqdirda esa ular Inagamjanova Dilobar Baxtiyarovnaga berilishi mumkin.

“Kafolat sugʻurta” ustav kapitaliga yangi aksiyador qoʻshilishi kutilmoqda
Foto: AI/Pinkod.uz

5 fevral kuni “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJ Kuzatuv kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kompaniya ustav kapitalini 240 mlrd soʻmga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, nominal qiymati 1 soʻm boʻlgan 24,5 mlrd dona oddiy aksiya chiqariladi. Ushbu aksiyalar aksiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqini berish orqali yopiq obuna usulida joylashtiriladi.

Agar aksiyadorlar oʻzlarining imtiyozli sotib olish huquqidan foydalanmasa yoki qisman foydalansa, qolgan aksiyalar yopiq obuna orqali Inagamjanova Dilobar Baxtiyarovnaga joylashtiriladi. Bu esa kompaniyaga yangi aksiyador kirib kelishi mumkinligini anglatadi.

Jarayon yakunlangach, kompaniyaning ustav kapitali 455,5 mlrd soʻmga yetadi.

Maʼlumot uchun, 2024 yil aprel oyida “Toshkent” Respublika fond birjasida “Kafolat sugʻurta” aksiyalari delisting qilingan edi.

Hozirda “Kafolat sugʻurta” kompaniyasining yagona aksiyadori Plum Technologies AJ hisoblanadi. Mazkur kompaniya 2017 yilda tashkil etilgan boʻlib, fintex yoʻnalishida, jumladan elektron tijorat va onlayn toʻlovlar sohasida faoliyat yuritadi.

Plum Technologies’ning ustav kapitali 223 mlrd soʻmni tashkil etadi. Kompaniya aksiyalarining 98,8 foizi Akilov Akbar Anvarovichga, qolgan qismi esa Aziz Bakiyevga tegishli.

Bundan tashqari, Akbar Akilov Uzcard toʻlov tizimi Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.

Akilov, shuningdek, 2024 yildan buyon Uzcard’ni yuritib kelayotgan “USMG” MChJda 25 foizlik ulushga ega. Kompaniyaning qolgan 75 foizi esa “IMC-Capital” MChJ xorijiy kompaniyasiga tegishli. “IMC-Capital” oʻz navbatida boshqa bir xorijiy kompaniya — Berill Holding Company Limeted’ga qarashli boʻlib, uning direktori sifatida Aziz Yusupov (kuzatuv kengashi aʼzosi) koʻrsatilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+