12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

08-avgust, 14:43
Iqtisodiyot

Iyul oyida Oʻzbekiston oltin zaxiralari rekord darajaga yetdi

Iyul oyida Oʻzbekiston Markaziy banki zaxiralaridagi oltin qiymati 265 mln dollarga koʻpayib, $38,68 mlrdga yetdi va tarixiy rekordni yangiladi.

Bundan tashqari, Markaziy bank xarid qilgan qimmatli qogʻozlar qiymati 300 mln dollardan ortiqqa yoki 42,7 foizga oshib, ilk bor $1 mlrdga yetdi.

Iyul oyida Oʻzbekiston oltin zaxiralari rekord darajaga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Iyul oyida Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari biroz oshib, $48,74 mlrdga yetdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida maʼlum qilindi.

Mazkur koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan $193,7 mlnga yuqori.

Oy davomida Markaziy bank zaxiralaridagi oltin qiymati $265 mlnga oshib, $38,68 mlrdga yetdi va navbatdagi rekord darajani yangiladi. Bu oʻsish oltin narxining koʻtarilishi hisobiga yuz berdi, chunki zaxiradagi oltin hajmi oʻzgarmadi — 11,7 mln troya unsiya.

Koʻrsatkichlar1 yanvar 2025 1 iyul 20251 avgust 2025
Rasmiy zaxira aktivlari (mlrd $)41,248,5548,74
Oltin (mlrd $)32,03 38,4238,68
Sof hajmi (mln troya unsiya)12,311,711,7
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (mlrd $)8,69,569,5
Shu jumladan immatli qogʻozlar$101,7 mln$708,8 mln$1,01 mlrd

Shu bilan birga, mamlakatning valyuta zaxiralari $63,3 mlnga kamaydi. Avgust boshida ularning hajmi $9,5 mlrddan pastga tushdi. Ushbu mablagʻ tarkibiga boshqa davlatlar markaziy banklaridagi va Xalqaro valyuta jamgʻarmasidagi $1,05 mlrd hamda xorijdagi tijorat banklaridagi $7,42 mlrd kiradi.

Bundan tashqari, Markaziy bank xarid qilgan qimmatli qogʻozlar qiymati 300 mln dollardan ortiq yoki 42,7 foizga oshib, ilk bor $1 mlrdga yetdi.


Avvalroq Pinkod Oʻzbekiston iyun oyida jahon miqyosida oltin xarid qilish boʻyicha yetakchilik qilgani haqida xabar bergandi. Jahon oltin kengashi (World Gold Council) maʼlumotlariga koʻra, mamlakat Markaziy banki bir oy ichida 9 tonna oltin xarid qilib, Markaziy banklar orasida birinchi oʻrinni egallagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+