12 140.910 so‘m

increase

17.530

14 053.100 so‘m

decrease

-41.540

149.410 so‘m

increase

0.220

12 140.910 so‘m

increase

17.530

12 soat avval
Bank

“Ipoteka bank” III chorakda foyda koʻrishga qaytdi

9 oy yakunlariga koʻra, bankning sof foydasi 102,5 mlrd soʻmni tashkil etdi. Faqatgina III chorakda bank 495 mlrd soʻm sof foyda koʻrdi.

“Ipoteka bank” III chorakda foyda koʻrishga qaytdi
Foto: AI / Pinkod.uz

“Ipoteka bank” 2025 yilning 9 oyi yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, bank uchinchi chorakda foydaga chiqib, moliyaviy barqarorlikni tikladi.

Yanvar–sentabr oylarida bankning sof foydasi 102,5 mlrd soʻmni tashkil etdi (oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 45,8% kamroq). Faqatgina III chorakda esa bank 495,0 mlrd soʻm sof foyda koʻrdi. Bu natija II chorakdagi 392,5 mlrd soʻmlik zararni toʻliq qoplab, ijobiy dinamika qaytganini koʻrsatmoqda.

Kredit va lizing boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlar uchun ajratilgan zaxiralar chorak davomida 2,9 trln soʻmdan 3,5 trln soʻmgacha oshdi. Taqqoslash uchun, 2024 yilning III choragida bu koʻrsatkich 1,5 trln soʻm edi. Natijada yillik oʻsish 137,9 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida bank 8,3 trln soʻmlik foizli daromadlar oldi. Biroq kredit va lizing yoʻnalishidagi ehtimoliy zararlar tufayli bu yoʻnalishda salbiy natija koʻrsatilgan. Shu bilan birga, bankning foizsiz daromadlari 3 trln soʻmga yetdi.

Xarajatlar qismida esa xodimlarga toʻlanadigan maosh va boshqa operatsion xarajatlar uchun 884,4 mlrd soʻm sarflandi. Shuningdek, bank 3 mlrd soʻm daromad soligʻi toʻladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+