12 015.960 so‘m

decrease

-26.530

14 051.460 so‘m

decrease

-96.060

160.300 so‘m

decrease

-0.250

12 015.960 so‘m

decrease

-26.530

3 soat avval
Texnologiya
38

Ilon Mask XChat messenjerini ishga tushirdi — yangi ilova va uning asosiy funksiyalari

Ilon Maskka tegishli X kompaniyasi alohida XChat messenjerini ishga tushirdi. Ilova hozircha iOS qurilmalarida ishlaydi va yozishmalar, fayl almashish hamda audio-video qoʻngʻiroqlar imkonini beradi. XChat xavfsizlikka urgʻu berishi bilan ajralib turadi va WhatsApp, Telegram hamda Signal kabi platformalarga raqobatchi sifatida baholanmoqda.

Ilon Mask XChat messenjerini ishga tushirdi — yangi ilova va uning asosiy funksiyalari
Foto: AI/Pinkod.uz

Ilon Maskka tegishli X ijtimoiy tarmogʻi oʻzining alohida XChat messenjerini ishga tushurdi. Messenjer bevosita, WhatsApp, Telegram va Signal kabi messenjerlarga raqobatchi boʻlishi kutilmoqda. 

XChat dastlab iOS qurilmalarida ishga tushirilgan boʻlib, foydalanuvchilarga X’dagi kontaktlar bilan yozishmalar olib borish, fayllar almashish, audio va video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish hamda guruh chatlarida ishtirok etish imkonini beradi.

Yangi messenjer xavfsizlik va maxfiylikka alohida urgʻu beradi. XChat’da xabarlar end-to-end shifrlash orqali himoyalangan boʻlib, xabarlarni oʻchirish va tahrirlash, vaqtinchalik (disappearing) xabarlar yuborish hamda hatto skrinshotlarni bloklash kabi funksiyalar mavjud. Shuningdek, ilova reklamasiz va foydalanuvchi kuzatuvisiz ishlashi bilan ajralib turadi.

Mutaxassislar ilovaning maxfiylik darajasi borasida bir qator xavotirlarni bildirmoqda. Xususan, shifrlash kalitlarining kompaniya serverlarida saqlanishi va ular toʻrt xonali PIN-kod bilan himoyalanishi maʼlumotlarga ichki kirish ehtimolini inkor etmaydi.

Ilova xabar matnlarini shifrlasa-da, metadata, yaʼni kim bilan, qachon va qancha vaqt muloqot qilingani haqidagi maʼlumotlar yigʻilishi davom etadi. Bu esa foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qilish va kuzatish imkonini beradi. 

Ilova avval kichik beta auditoriyada sinovdan oʻtkazilgan va foydalanuvchi fikrlariga asoslanib takomillashtirilgan. Hozircha XChat faqat iPhone va iPad’larda mavjud boʻlib, Android versiyasi keyinroq chiqarilishi kutilmoqda.

XChat kompaniyaning kengroq strategiyasida muhim oʻrin egallaydi. Ilgari Elon Musk X’ni “hammasi bir ilovada” (super app) ga aylantirishni rejalashtirgan edi, ammo endi asosiy funksiyalar alohida servislar sifatida ajratilmoqda. Shu orqali kompaniya ijtimoiy tarmoqdan tashqari xabar almashish, toʻlovlar va boshqa raqamli xizmatlar bozorida ham faol raqobat olib borishni maqsad qilgan.

XChat’ning muvaffaqiyati uning qanchalik tez foydalanuvchilarni jalb qila olishiga va mavjud gigant messenjerlardan ustun jihatlarni taklif qila olishiga bogʻliq boʻladi. Chunki hozirgi bozor allaqachon kuchli raqobat bilan toʻyingan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+