11 948.580 so‘m

increase

58.630

13 793.440 so‘m

increase

76.000

144.290 so‘m

increase

0.360

11 948.580 so‘m

increase

58.630

9 soat avval
Texnologiya
95

Ilon Mask 24/7 ishlaydigan “raqamli xodimlar”ni ishga tushirdi

SpaceXAI taqdim etgan Grok Bot’lar sayt va ilovalar bilan ishlash, maʼlumot toʻplash, hujjat tayyorlash va boshqa vazifalarni mustaqil bajara oladi. Har bir agent alohida virtual kompyuterga ega va ishni foydalanuvchining shaxsiy qurilmasiga bogʻliq boʻlmagan holda davom ettiradi.

Ilon Mask 24/7 ishlaydigan “raqamli xodimlar”ni ishga tushirdi

Ilon Maskning SpaceXAI kompaniyasi foydalanuvchi oʻrniga kompyuterda mustaqil ishlay oladigan Grok Bot sunʼiy intellekt agentlarini ishga tushirdi

Ular oʻz virtual kompyuteriga ega boʻlib, ilova va saytlardan foydalanishi hamda foydalanuvchining qurilmasi oʻchiq boʻlsa ham sutka davomida vazifalarni bajarishda davom etishi mumkin.

Kompaniya yangi mahsulotni oddiy AI-assistentdan koʻra “raqamli hamkasb” sifatida taqdim etmoqda. Grok Bot’ga vazifa berilgach, u ishni bosqichlarga ajratishi, kerakli servislarni ochishi va jarayonni mustaqil yakunlashi mumkin. 

Har bir Grok Bot uchun alohida doimiy bulutli virtual kompyuter ajratiladi. Unda brauzer, fayl tizimi va terminal mavjud. Shu sababli bot faqat savollarga javob berish bilan cheklanmaydi. U odatda xodim kompyuter orqali bajaradigan amaliy ishlarni ham bajarishi mumkin. 

Masalan, agent sayt va ilovalarga kirishi, elektron xatlar bilan ishlashi, maʼlumotlarni yigʻishi, hujjatlar tayyorlashi yoki kod bilan bogʻliq vazifalarni bajarishi mumkin. Jarayon bulutda amalga oshirilgani uchun foydalanuvchining shaxsiy kompyuteri doim yoqilgan boʻlishi shart emas

Grok Bot’ning yana bir farqli jihati — bir nechta agentning birgalikda ishlashi. Botlar oʻzaro aloqa qilib, vazifalarni muvofiqlashtirishi va ish kontekstini saqlab qolishi mumkin. Tizim foydalanuvchidan asosan qoʻshimcha maʼlumot yoki muhim harakat uchun tasdiq zarur boʻlganda murojaat qiladi. 

SpaceXAI maʼlumotiga koʻra, Grok Bot avval kompaniya ichida sinovdan oʻtkazilgan. Uning dastlabki versiyalaridan savdo, marketing va operatsion jarayonlarda, shuningdek dasturiy xatolarni tuzatishda foydalanilgan. Keyinchalik loyiha alohida mahsulotga aylantirilgan. 

Hozir Grok Bot beta bosqichida ishlamoqda. Undan ayrim SuperGrok Heavy, Cursor Ultra va Cursor Teams Premium foydalanuvchilari foydalanishi mumkin. Kompaniyalar uchun kengroq foydalanish imkoniyati hozircha kutish roʻyxati orqali taqdim etilmoqda. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+