12 426.830 so‘m

decrease

-20.520

14 566.730 so‘m

increase

20.760

146.960 so‘m

increase

0.880

12 426.830 so‘m

decrease

-20.520

5 kun avval
Iqtisodiyot

Fitch 2025 yil uchun global iqtisodiy oʻsish prognozini oshirdi

Fitch Ratings agentligi 2025 yilda jahon iqtisodiy oʻsishi 2,4% boʻlishini kutmoqda. Bu iyundagi prognozdan yuqori, biroq oʻtgan yilgi 2,9% dan past. AQSh iqtisodiyoti sekinlashayotgani qayd etilgan boʻlsa-da, Xitoy va Yevropa kutilganidan yaxshiroq natija koʻrsatmoqda.

Fitch 2025 yil uchun global iqtisodiy oʻsish prognozini oshirdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Fitch Ratings agentligi 2025 yilda jahon iqtisodiy oʻsishi prognozini biroz yuqoriga koʻtardi. Bu haqda WSJ xabar berdi.

Mazkur qaror AQSh iqtisodiyotiga nisbatan xavotirlar kuchayayotganiga qaramay qabul qilingan. Agentlikning taʼkidlashicha, Xitoy va Yevropada iqtisodiy faollik kutilganidan yaxshiroq koʻrinmoqda.

Fitch maʼlumotlariga koʻra, AQSh iqtisodiyoti sekinlashayotganiga oid aniq dalillar mavjud. Shunga qaramay, agentlik global oʻsish prognozini iyundagi 2,2% dan 2,4% ga oshirdi. Biroq bu koʻrsatkich oʻtgan yilgi 2,9% dan baribir past.

Xitoy uchun oʻsish prognozi ham koʻtarilib, 4,2% oʻrniga 4,7% ga yetkazildi. Yevroittifoq boʻyicha esa prognoz 0,8% dan 1,1% ga oshirilgan. Fitch bu holatni AQShning yangi tarif siyosatiga bogʻliq boʻlgan oldindan xarid qilish faolligi bilan izohladi.

Shu bilan birga, agentlik AQSh iqtisodiyoti boʻyicha ham prognozini yangiladi: joriy yil uchun oʻsish 1,5% oʻrniga 1,6% boʻlishi kutilmoqda. Fitch hisob-kitoblariga koʻra, AQShning oʻrtacha samarali tarif stavkasi 16% atrofida qolmoqda.

Fitch bosh iqtisodchisi Brayan Koultonning soʻzlariga koʻra, tariflarning oshirilishi global iqtisodiy oʻsishga bosim oʻtkazishda davom etadi. Biroq Xitoy eksportining sezilarli oʻsishi bu taʼsirni yumshatmoqda. Bunga nominal almashuv kursining pasayishi va eksport narxlarining tushishi yordam bermoqda.

AQSh mehnat bozoridagi sekinlashuv esa Federal Rezervni foiz stavkalarini kutilganidan tezroq pasaytirishga undashi mumkin. Fitch prognoziga koʻra, 2025 yil sentabr va dekabr oylarida har safar 25 bazaviy punktdan ikki marta, 2026 yilda esa yana uch marta pasaytirish rejalashtirilmoqda.

Agentlik 2026 yil uchun global iqtisodiy oʻsish prognozini ham qayta koʻrib chiqib, 2,2% oʻrniga 2,3% boʻlishini kutmoqda.


Avvalroq Fitch Ratings Oʻzbekistonning xorijiy valyutadagi uzoq muddatli kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga koʻtargani xabar qilingandi. Bu reytingga nisbatan prognoz esa — “barqaror” boʻlib qolmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+