Dollar rasmiy kursi toʻrt kun ichida 240 soʻmdan koʻproqqa yuqoriladi
AQSh dollarining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati 67,72 soʻmga koʻtarilib, 12 654,13 soʻmni tashkil etdi. Soʻnggi toʻrt kunda dollar kursi 240 soʻmdan koʻproqqa oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025 yil 30 iyundan boshlab kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, AQSh dollarining kursi 67,72 soʻmga koʻtarilib, 12 654,13 soʻmni tashkil etdi. Shunday qilib soʻnggi toʻrt kunda dollar kursi 240 soʻmdan koʻproqqa oshdi.
Valyuta kurslari quyidagicha belgilandi:
- AQSh dollari — 12 654,13 soʻm (+67,72 soʻm)
- Yevro — 14 817,99 soʻm (+59,17 soʻm)
- Rossiya rubli — 161,18 soʻm (+0,76 soʻm)
- Funt sterling — 17 386,77 soʻm (+88,01 soʻm)
Bu holat dollar kursining avval kuzatilmagan keskin tushishidan keyin sodir boʻlmoqda. Jumladan, 24 iyun kuni dollar kursi soʻnggi 17 oy ichidagi minimium — 12 410,99 soʻmgacha pasaydi. Dollarning bunday qiymati oxirgi marotaba 2024 yil yanvar oyida qayd etilgan edi.
Avvalroq, S&P Global reyting agentligi kelgusi uch yildagi rasmiy kursi boʻyicha prognozlarini taqdim etgan edi.
Unga koʻra dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati:
- 2025 yilda — 13,566 soʻm
- 2026 yilda — 14,244 soʻm
- 2027 yilda — 14,957 soʻm
- 2028 yilda — 15,704 soʻm