12 067.760 so‘m

decrease

-70.910

14 141.000 so‘m

decrease

-35.750

145.640 so‘m

increase

0.280

12 067.760 so‘m

decrease

-70.910

2 kun avval
Iqtisodiyot

Dollar rasmiy kursi 12 100 soʻmdan pastga tushdi

30 sentabrdan amalda boʻladigan AQSh dollarining rasmiy kursi 70,91 soʻmga pasayib, 12 067,76 soʻmni tashkil etdi.

Oxirgi marotaba shunday darajadagi pasayish 2023 yil avgust oyi oxirida kuzatilgan.

Umuman olganda, soʻm kursi bir oy ichida 413 soʻmga, yil boshidan esa 837 soʻmga mustahkamlandi.

Dollar rasmiy kursi 12 100 soʻmdan pastga tushdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda dollar rasmiy kursining sezilarli darajada pasayishi davom etmoqda. 

Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 30 sentabrdan amalda boʻladigan AQSh dollarining rasmiy kursi 70,91 soʻmga pasayib, 12 067,76 soʻmni tashkil etdi. Bu milliy valyutaning soʻnggi yillarda eng katta mustahkamlanishlaridan biri boʻldi.

Oxirgi marotaba shunday darajadagi pasayish 2023 yil avgust oyi oxirida kuzatilgan. Shuningdek, dollar oʻzining eng yuqori qayd etilgan qiymatidan (13 003,95 soʻm) sezilarli darajada — 936 soʻmga arzonladi.

Umuman olganda, soʻm kursi bir oy ichida 412,91 soʻmga, yil boshidan esa 837,15 soʻmga mustahkamlandi.

Kurs nega pasaymoqda?

Dollar kursining pasayishiga global jihatdan AQSh Federal rezerv tizimi tomonidan asosiy stavkaning soʻnggi 9 oy ichida ilk bor tushirilishi, shuningdek kelajakda yana ikki marta pasaytirilish haqidagi kutilmalar taʼsir qilmoqda.

Biroq soʻmning mustahkamlanishiga taʼsir etuvchi asosiy omillar ichki va tashqi sharoitlar bilan bogʻliq. Jumladan, 2025 yilning dastlabki 8 oyida Oʻzbekiston $8,4 mlrdlik oltin eksportini amalga oshirdi. Bu koʻrsatkich oldingi yillardagi yillik natijalardan ham yuqori.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonga transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi ham ortishda davom etmoqda. Joriy yilning oʻzida bu koʻrsatkich $12,1 mlrdni tashkil qildi.

Maʼlumot uchun, Kap Depo investitsiya kompaniyasi oktabr oyi oxiriga kelib dollar 12 400 soʻm atrofida shakllanishi, yil yakunida esa 12 510-12 620 soʻm diapazonida boʻlishini kutmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+