12 586.410 so‘m

increase

54.630

14 758.820 so‘m

increase

220.700

160.420 so‘m

increase

0.600

12 586.410 so‘m

increase

54.630

2 kun avval
Iqtisodiyot

Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun ham koʻtarildi

AQSh dollarining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati 54,63 soʻmga koʻtarilib, 12 586,41 soʻmni tashkil etdi. Umuman olganda soʻnggi uch kunda kurs 175 soʻmdan koʻproqqa oshdi. Bu holat dollar kursi 2024 yil boshidagi darajaga tushganidan soʻng sodir boʻlmoqda.

Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun ham koʻtarildi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025 yil 27 iyundan boshlab kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, AQSh dollarining kursi 54,63 soʻmga koʻtarilib, 12 586,41 soʻmni tashkil etdi. Shunday qilib soʻnggi uch kunda dollar kursi 170 soʻmdan koʻproqqa oshdi. 

Valyuta kurslari quyidagicha belgilandi:

  • AQSh dollari — 12 586,41 soʻm (+54,63 soʻm)
  • Yevro — 14 758,82 soʻm (+220,70 soʻm)
  • Rossiya rubli — 160,42 soʻm (+0,60 soʻm)
  • Funt sterling — 17 298,76 soʻm (+239,25 soʻm)

Bu holat dollar kursining avval kuzatilmagan keskin tushishidan keyin sodir boʻlmoqda. Jumladan, 24 iyun kuni dollar kursi soʻnggi 17 oy ichidagi minimium — 12 410,99 soʻmgacha pasaydi. Dollarning bunday qiymati oxirgi marotaba 2024 yil yanvar oyida qayd etilgan edi. 


Avvalroq, S&P Global reyting agentligi kelgusi uch yildagi rasmiy kursi boʻyicha prognozlarini taqdim etgan edi

Unga koʻra dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati:

  • 2025 yilda — 13,566 soʻm

  • 2026 yilda — 14,244 soʻm

  • 2027 yilda — 14,957 soʻm

  • 2028 yilda — 15,704 soʻm

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+