Dollar kursi ikki yillik minimumga tushdi
24 sentabrdan amalda boʻladigan AQSh valyutasining rasmiy kursi 86,10 soʻmga arzonlab, 12 171 soʻmni tashkil etdi.
Soʻnggi marta bunday darajadagi pasayish 2023 yil sentabrida, yaʼni bundan ikki yil avval kuzatilgan edi.
Dollar kursi pasayishi ham ichki ham tashqi omillarga bogʻliq boʻlmoqda:

Oʻzbekistonda dollar kursi yana sezilarli darajada pasaydi.
Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 24 sentabrdan amalda boʻladigan AQSh valyutasining rasmiy kursi 86,10 soʻmga arzonlab, 12 171,03 soʻmni tashkil etdi.
Soʻnggi marta bunday darajadagi pasayish 2023 yil sentabrida, yaʼni bundan ikki yil avval kuzatilgan edi.
Shuningdek dollar oʻzining eng yuqori qayd etilgan kursidan 830 soʻmdan koʻproqqa pasaydi.
Umuman olganda, soʻnggi 10 kun ichida oʻzbek soʻmi dollarga nisbatan eng koʻp mustahkamlangan milliy valyutalardan biri boʻldi.

Kurs nega pasaymoqda?
Dollar kursining pasayishiga global jihatdan AQSh Federal rezerv tizimi tomonidan asosiy stavkaning soʻnggi 9 oy ichida ilk bor tushirilishi, shuningdek kelajakda yana ikki marta pasaytirilish haqidagi kutilmalar taʼsir qilmoqda.
Biroq soʻmning mustahkamlanishiga taʼsir etuvchi asosiy omillar ichki va tashqi sharoitlar bilan bogʻliq. Jumladan, 2025 yilning dastlabki 8 oyida Oʻzbekiston $8,4 mlrdlik oltin eksportini amalga oshirdi. Bu koʻrsatkich oldingi yillardagi yillik natijalardan ham yuqori.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonga transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi ham ortishda davom etmoqda. Joriy yilning oʻzida bu koʻrsatkich $12,1 mlrdni tashkil qildi.
Maʼlumot uchun, Kap Depo investitsiya kompaniyasi oktabr oyi oxiriga kelib dollar 12 400 soʻm atrofida shakllanishi, yil yakunida esa 12 510-12 620 soʻm diapazonida boʻlishini kutmoqda.