Dam olish kunlari qaysi banklardan dollar olish mumkin?
21 va 22 iyun kunlari jami 12 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan qulaylik yaratish maqsadida xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
21 va 22 iyun kunlari jami 12 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda:
- Agrobank
- Apexbank
- Asia Alliance bank
- BRB
- Ipoteka bank
- Milliy bank
- Orient Finans bank
- Tenge bank
- Trastbank
- Universalbank
- Kapitalbank
- Hamkorbank
Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.
Bankomatlar joylashuvini bu yerdan aniqlash mumkin.