12 101.840 so‘m

increase

53.000

13 811.830 so‘m

increase

70.130

153.750 so‘m

increase

0.870

12 101.840 so‘m

increase

53.000

4 soat avval
Bank
57

Muomaladagi bank kartalari soni qariyb 75 mln donaga yetdi

2026 yil 1 iyul holatiga Oʻzbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 74,6 mln taga yetdi. Yil boshidan beri kartalar soni 9,3 foiz yoki 6,3 mlntaga oshdi. Kartalar oʻsishining asosiy qismi Uzum Bank, Anorbank, “Xalq banki” va “Hamkorbank” hissasiga toʻgʻri keldi. 

Muomaladagi bank kartalari soni qariyb 75 mln donaga yetdi

2026 yil 1 iyul holatiga Oʻzbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 74,6 mln taga yetdi. Bu joriy yil boshiga nisbatan 6,35 mln taga yoki 9,3 foizga koʻproqdir. Bu haqda Markaziy bankning toʻlov tizimi koʻrsatkichlariga oid maʼlumotida keltirib oʻtilgan.

Eng katta oʻsish Uzum Bank’da qayd etildi. Bank kartalari soni 6 oy ichida 7,02 mln tagacha koʻpaydi (+1,92 mln dona). 

Anorbank’da kartalar soni 1,48 mln taga yoki 41,7 foizga oshib, 5,03 mln taga yetdi. “Xalq banki”da koʻrsatkich 1,23 mln taga koʻpayib, 12 mln tadan oshdi. “Hamkorbank”da esa kartalar soni 1,21 mln taga yoki 31,6 foizga oʻsib, 5,05 mln tani tashkil etdi.

Ushbu toʻrtta bankdagi oʻsish 5,85 mln donani tashkil etdi. Bu mamlakat boʻyicha kartalar sonidagi jami sof oʻsishning 92 foiziga teng.

Ayni paytda ayrim banklarda kartalar soni kamaygan. TBC Bank’da koʻrsatkich 599 mingtaga yoki 14,2 foizga qisqarib, 3,61 mln taga tushdi. Tenge Bank’da kartalar soni 295 mingtaga, “Asakabank”da 269 mingtaga, Hayot Bank’da esa 162 mingtaga kamaydi.

Muomaladagi kartalar soni boʻyicha “Xalq banki” 12 mln dona bilan birinchi oʻrinda turibdi. Keyingi oʻrinlarni 7,02 mln dona bilan Uzum Bank, 6,75 mln dona bilan “Agrobank”, 5,63 mln dona bilan “Ipoteka-bank”, 5,05 mln dona bilan “Hamkorbank” va 5,03 mln dona bilan Anorbank egallagan.

Ushbu olti bank hissasiga Oʻzbekistondagi barcha bank kartalarining 55,6 foizi toʻgʻri keladi.

Yil boshidan beri bankomat va infokiosklar soni ham 40,09 mingtadan 46,68 mingtaga yetdi. Oʻsish 6,59 mingta yoki 16,4 foizni tashkil etdi.

Jami qurilmalarning 27,24 mingtasi toʻlov tashkilotlariga, 18,94 mingtasi tijorat banklariga, yana 500 tasi “Oʻzinkassatsiya”ga tegishli. Toʻlov tashkilotlari qurilmalari soni olti oyda 4,64 mingtaga oshib, umumiy oʻsishning 70,5 foizini taʼminladi.

Tijorat banklariga tegishli bankomat va infokiosklar soni esa 1,95 mingtaga yoki 11,4 foizga koʻpaydi. Banklar orasida Xalq banki 3 132 ta qurilma bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi oʻrinlarda 1 823 ta qurilma bilan “Agrobank”, 1 669 ta bilan “Kapitalbank”, 1 426 ta bilan “Infinbank” va 1 074 ta bilan Ipak Yuli Banki turibdi.

Bundan tashqari, mamlakatdagi toʻlov terminallari soni yil boshidagi 430,8 mingtadan 448,1 mingtaga yetgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+