12 778.120 so‘m

increase

78.980

14 931.230 so‘m

increase

83.400

164.010 so‘m

increase

1.850

12 778.120 so‘m

increase

78.980

20-iyun, 08:22
Texnologiya

Apple va Google kabi kompaniyalarning 16 milliard login va parollari internetga tarqalib ketgan — Forbes

Tadqiqotchilar Apple, Google, Facebook, Telegram, GitHub va boshqa mashhur xizmatlarga tegishli 16 milliarddan ortiq foydalanuvchi hisob maʼlumotlari internetda ochiq holda tarqalganini aniqladi. Mutaxassislar bu holatni internet tarixidagi eng yirik va xavfli maʼlumotlar sizib chiqishi deb atamoqda.

Apple va Google kabi kompaniyalarning 16 milliard login va parollari internetga tarqalib ketgan — Forbes
Foto: AI/Pinkod.uz

Forbes nashri xabar berishicha, tadqiqotchilar Apple, Google, Facebook, GitHub, Telegram kabi yirik onlayn xizmatlarga tegishli milliardlab foydalanuvchi hisob maʼlumotlari internetda ochiq holatda tarqalayotganini aniqladi.

Ularning qayd etishicha, yil boshidan beri oʻtkazilgan tergov davomida 16 milliardga yaqin login va parollar ochiq holatda tarqalgani maʼlum boʻlgan. Bu esa internet tarixidagi eng yirik maʼlumotlar sizib chiqishi holatlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Cybernews tahlilchisi Vilyus Petkauskasning soʻzlariga koʻra, ular 2025 yil boshidan buyon sizib chiqqan 30 dan ortiq maʼlumotlar toʻplamini aniqlagan — ularning har biri 10 milliondan 3,5 milliardgacha yozuvni oʻz ichiga oladi.

Mutaxassislar ushbu maʼlumotlar toʻplami ilgari hech qachon oshkor qilinmaganini, bularning barchasi yangi va hozirda faol hisoblar boʻlishi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Sizib chiqqan login-parollar koʻplab ijtimoiy tarmoqlar, VPN xizmatlari, dasturchilar platformalari va hatto davlat xizmatlariga tegishli hisoblardan olingan. Ularning aksariyati URL formatida, yaʼni havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kirish maʼlumotlari va parollarni koʻrsatadi.

Tadqiqotchilar bu holatni "shunchaki maʼlumotlar sizib chiqishi emas, balki ommaviy foydalanish uchun tayyorlangan reja" deb baholashmoqda. Ularning fikricha, bu bazalar fishing hujumlari, akkauntlarni egallab olish va boshqa kiberjinoyatlarda asosiy vosita sifatida ishlatilishi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+