11 994.100 so‘m

increase

6.940

13 420.200 so‘m

increase

26.950

145.790 so‘m

decrease

-0.500

11 994.100 so‘m

increase

6.940

Yaqin 2 soat ichida
Texnologiya
27

Anthropic yangi Claude modellarini chiqardi: ular nimalarga qodir?

Anthropic’ning yangi Claude modellari dasturlash, ilmiy tadqiqotlar va murakkab texnik vazifalarni mustaqil bajarishda avvalgi versiyalaridan yuqori natijalar koʻrsatmoqda. 

Kompaniya sinovlarida ulardan biri 1 000 dan ortiq AI agentini boshqarib, sakkiz kunda operatsion tizim prototipini yaratgan. 

Yangi modellar 30 foizgacha tezroq ishlaydi, ulardan foydalanish narxi esa 20 foizga arzonlashgan. 

Anthropic yangi Claude modellarini chiqardi: ular nimalarga qodir?

Amerikaning Anthropic kompaniyasi 9 noyabr kuni Claude Fable 5.2 va Claude Mythos 5.2 modellarini taqdim etdi. Ular sentabr oyida chiqarilgan Fable 5.1 va Mythos 5.1 versiyalarining yangilangan shakli hisoblanadi.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, yangi modellar dasturlash, mantiqiy fikrlash va tasvirlarni tahlil qilishda yaxshilangan natijalarni koʻrsatmoqda. Shuningdek, ular uzoq davom etadigan murakkab vazifalarni mustaqil bajarish va bir nechta sunʼiy intellekt agentlari ishini muvofiqlashtirish imkoniyatiga ega.

Yangi modellarning narxi ham pasaytirilgan. Ilgari 1 million kirish tokeni uchun 10 dollar, chiqish tokeni uchun 50 dollar toʻlangan boʻlsa, endilikda bu koʻrsatkichlar mos ravishda 8 va 40 dollarni tashkil etadi. Bu avvalgi narxlarga nisbatan 20 foizga arzon.

Bundan tashqari, kompaniya yangi tezkor rejimni ham taqdim etdi. Ushbu rejimda tokenlarni generatsiya qilish tezligi 2,5 baravargacha oshishi mumkin. Biroq undan foydalanish narxi ikki baravar yuqori — 1 million kirish tokeni uchun 16 dollar va chiqish tokeni uchun 80 dollar.

Anthropic oʻtkazgan sinovlarda Claude Fable 5.2 dasturlash boʻyicha FrontierCode 2.0 testida 49,1 foizlik natija qayd etgan. Bu avvalgi Fable 5.1 modelining 32,4 foizlik koʻrsatkichidan 16,7 foiz punkt yuqori. Taqqoslash uchun, xuddi shu testda OpenAI’ning GPT-6 Astra modeli 42,8 foiz, Google’ning Gemini 4 Carbon modeli esa 41,1 foiz natija koʻrsatgan.

Kompaniya yangi modelning amaliy imkoniyatlarini ham namoyish etgan. Jumladan, Anthropic muhandislaridan biri Fable 5.2’ga noldan operatsion tizim yaratish vazifasini topshirgan. Model sakkiz kun davomida 1 000 dan ortiq sunʼiy intellekt agentlarining ishini muvofiqlashtirib, noutbukda ishga tushadigan operatsion tizim prototipini ishlab chiqqan.

Anthropic maʼlumotiga koʻra, yangi model nazariy fizikadagi qora tuynuklar bilan bogʻliq ikkita ochiq masalani ham yechgan. Bundan tashqari, 1 000 ta agent yordamida Fermaning buyuk teoremasi isbotini kompyuter tekshira oladigan matematik shaklga oʻtkazish uchun 30 soat sarflangan.

Quyida internet foydalanuvchilari ushbu modellar asosida yaratgan bir necha namunalar keltirib oʻtiladi:

Shu bilan birga, Claude Fable 5.2 va Claude Mythos 5.2 bir xil asosiy modelga tayangan boʻlsa-da, ulardan foydalanish imkoniyatlari farqlanadi.

Claude Fable 5.2 keng foydalanuvchilar uchun chiqarilgan. Claude Mythos 5.2 esa kiberxavfsizlik va biotibbiyot tadqiqotlariga moʻljallangan boʻlib, undan faqat Anthropic tekshiruv dasturlaridan oʻtgan tashkilotlar foydalanishi mumkin.

Har ikkala model 1 million tokenli kontekst oynasiga ega. Bu ularga katta hajmdagi hujjatlar, dasturiy kodlar va boshqa maʼlumotlar bilan ishlash imkonini beradi.

Ayni paytda Claude Fable 5.2 Anthropic platformalari, Amazon Web Services, Google Cloud va Microsoft Azure orqali foydalanishga taqdim etilgan.

Yangi modellar Anthropic birlamchi ommaviy aksiyalar taklifiga (IPO) tayyorgarlik koʻrayotgan davrda chiqarildi. Kompaniya 26 oktabr kuni AQSh Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) IPO boʻyicha roʻyxatdan oʻtish hujjatlarini taqdim etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+