12 466.440 so‘m

decrease

-58.480

14 517.170 so‘m

decrease

-113.190

155.420 so‘m

decrease

-0.540

12 466.440 so‘m

decrease

-58.480

1 kun avval
Bank

Anorbank va Uzum bank birinchi yarim yillikda sof foydasini sezilarli oshirdi

2025 yilning birinchi yarmida Anorbank esa 102,2 mlrd soʻm, Uzum bank esa 30,4 mlrd soʻm sof foyda oldi. 

Uzum bank oʻtgan yilning shu davriga nisbatan foydasini 264,4 foizga oshirgan boʻlsa, Anorbankning natijalari 160 foizga oʻsdi.

Anorbank va Uzum bank birinchi yarim yillikda sof foydasini sezilarli oshirdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Banklarning 2025 yilning yanvar–iyun oylariga oid moliyaviy hisobotlariga koʻra, Anorbank va Uzum bank sof foyda koʻrsatkichlarida sezilarli oʻsishga erishdi.

Anorbank

2025 yilning yanvar–iyun oylarida Anorbank 102,2 mlrd soʻm sof foyda qayd etdi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 160 foizga yoki 62,9 mlrd soʻmga koʻproqdir. Oʻtgan yilning birinchi yarmida bankning sof foydasi 39,3 mlrd soʻmni tashkil qilgan edi.

Bankning foizli daromadlari 139,8 foizga oʻsib, 1,4 trln soʻmni tashkil qildi. Foizsiz daromadlar esa 18 foizga oshib, 338,2 mlrd soʻmga yetdi.

Aktivlar hajmi yil boshiga nisbatan 82,1 foiz oʻsib, 12,6 trln soʻmga yetdi. 

1 iyul holatida kredit portfeli 8,4 trln soʻmni tashkil etib, uning 3,8 foizi yoki 315 mlrd soʻmi muammoli kreditlardan iborat boʻldi.

Shuningdek, Anorbank muomaladagi bank kartalari sonini esa 3,4 million donaga yetkazdi.

Uzum bank

2025 yilning birinchi yarmida Uzum bank 30,4 mlrd soʻm sof foyda koʻrdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 264,4 foizga yoki 22,1 mlrd soʻmga koʻpdir. Maʼlumot uchun, 2024 yilning mos davrida bankning sof foydasi 8,35 mlrd soʻmni tashkil etgan edi.

Hisobot davrida bankning foizli daromadlari 90,5 foizga oshib, 25,3 mlrd soʻmga yetdi. Foizsiz daromadlar esa 286,3 foizga oʻsib, 549,7 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Bank aktivlari 136,5 foizga koʻpayib, 1,3 trln soʻmga yetgan boʻlsa, kapitali 61,5 foiz oʻsib, 683,9 mlrd soʻmni tashkil etdi. 

1 iyul holatiga koʻra, Uzum bank’ning kredit portfeli 107 mlrd soʻmni tashkil qilib, unda hozircha muammoli kreditlar (NPL) mavjud emas.

Shuningdek, 1 avgust holatiga bank tomonidan chiqarilgan muomaladagi kartalar soni 2,2 million donaga yetdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+