12 004.750 so‘m

decrease

-16.570

13 691.420 so‘m

decrease

-42.940

157.110 so‘m

decrease

-0.530

12 004.750 so‘m

decrease

-16.570

6 soat avval
Bank
100

Anor Bank reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi

Raqobat qoʻmitasi Anor Bank’ning Instagram’dagi aksiya reklamasida aksiya shartlari, limit va limitdan oshganda qoʻllaniladigan komissiya haqida toʻliq maʼlumot berilmaganini aniqladi. Bankka nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi, shuningdek, qonunbuzilishni bartaraf etish boʻyicha majburiy koʻrsatma berildi. 

Anor Bank reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi
Foto: AI/Pinkod.uz

Raqobat qoʻmitasi Anor Bank’ning Instagram’dagi aksiya reklamasida muhim shartlar toʻliq koʻrsatilmaganini aniqladi. Bankka nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi, biroq jarima miqdori ochiqlanmagan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, tekshiruv Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati asosida oʻtkazilgan. Unda bank tomonidan aksiya doirasida eʼlon qilingan reklama axborotida aksiya shartlari toʻliq koʻrsatilmagani yuzasidan eʼtiroz bildirilgan.

Oʻrganish davomida reklamada moliyaviy xizmatlar boʻyicha shartnomaning muhim shartlaridan biri hisoblangan aksiyaning amal qilish shartlari, unga qoʻllanilgan limit hamda limitdan oshgan hollarda komissiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berilmagani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Raqobat qoʻmitasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunning 16, 21 va 43-moddalari talablari buzilishi alomatlari boʻyicha Anor Bank’ga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan.

Ishni koʻrib chiqish yakunlariga koʻra, bankka nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanilgan. Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+