11 808.760 so‘m

decrease

-12.420

13 404.120 so‘m

decrease

-15.280

142.160 so‘m

increase

1.720

11 808.760 so‘m

decrease

-12.420

Yaqin 1 soat ichida
Bank
38

Aloqabank boshqaruvi raisi oʻrinbosari Akmal Xolmuradov lavozimidan ozod qilindi

Aloqabank boshqaruvi raisi oʻrinbosari Akmal Xolmuradov oʻz arizasiga koʻra lavozimidan ozod qilindi. Uning oʻrniga korporativ biznes rahbari Oltiboy Tursunovning boshqaruv aʼzoligiga nomzodi maʼqullandi. 

Turonbankdagi oʻxshash qaror kabi, bu safar ham bosh vazir oʻrinbosarining koʻrsatmasi va Markaziy bank xati tilga olingan. 

Bir-biridan mustaqil manbalarning maʼlum qilishicha, boshqa davlat banklarida ham shunga oʻxshash kadrlar oʻzgarishi kutilmoqda.

Aloqabank boshqaruvi raisi oʻrinbosari Akmal Xolmuradov lavozimidan ozod qilindi
Akmal Tolmasovich Xolmuradov

Aloqabank boshqaruvi raisi oʻrinbosari Akmal Tolmasovich Xolmuradov oʻz arizasiga binoan lavozimidan ozod qilindi. Bank kuzatuv kengashi 30 sentabrda uning boshqaruv aʼzosi sifatidagi vakolatlarini ham muddatidan oldin tugatishga qaror qilgan. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida eʼlon qilingan hujjatda maʼlum qilingan.

Hujjatga koʻra, Xolmuradov 30 sentabrdagi arizasida mehnat shartnomasini ogohlantirish muddati tugamasidan oldin, 2026 yil 5 oktabrdan oʻz xohishiga koʻra bekor qilishni soʻragan. Boshqaruv raisi Kammuna Irisbekova uning arizasini koʻrib chiqib, lavozimidan ozod etishni taklif qilgan.

Bayonnomada bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorovning koʻrsatmasi va Markaziy bankning 2026 yil 4 sentabrdagi 32-03/773-son xati ham tilga olingan. 

Unda Markaziy bank taklifiga rozilik berilgani, koʻtarilgan masalani kuzatuv kengashi yigʻilishida koʻrib chiqish va tegishli choralar koʻrish soʻralgani qayd etilgan. Eʼlon qilingan koʻchirmada taklifning toʻliq mazmuni keltirilmagan.

Avvalroq Turonbank boshqaruvi raisi oʻrinbosari Zohidjon Obidovni lavozimidan ozod qilish haqidagi qarorda ham bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorovning koʻrsatmasi va Markaziy bankning 4 sentabrdagi xati tilga olingan edi. Ikkala holatda ham lavozimdan ozod qilish rahbarlarning oʻz arizasiga asoslangan.

Bir-biridan mustaqil manbalarning maʼlum qilishicha, boshqa davlat banklarida ham shunga oʻxshash kadrlar oʻzgarishi kutilmoqda. Hozircha qaysi banklar va rahbarlar haqida gap ketayotgani rasman eʼlon qilinmagan.

Kuzatuv kengashi Xolmuradovning oʻrniga korporativ biznes rahbari Oltiboy Umirzakovich Tursunovning bank boshqaruvi aʼzoligiga nomzodini maʼqullagan. 

Oltiboy Umirzakovich Tursunov

U lavozimga kirishishidan oldin nomzodi Markaziy bank bilan kelishilishi kerak. Shundan soʻng uning mehnat shartnomasiga tegishli oʻzgartishlar kiritiladi.

Qarorda Tursunovning boshqaruv aʼzoligiga nomzodi maʼqullangan boʻlib, uni boshqaruv raisi oʻrinbosari etib tayinlash alohida belgilanmagan.

Bankning rasmiy saytidagi maʼlumotga koʻra, Tursunov 1974 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan. U 1996 yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini, 2007 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Bank sohasida 1996 yildan buyon faoliyat yuritadi. 

Korporativ biznes rahbari sifatida u korporativ kredit amaliyotlari hamda korporativ mijozlarga xizmat koʻrsatishni muvofiqlashtiruvchi boʻlinmalar faoliyatini boshqaradi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+