12 051.710 so‘m

increase

88.930

14 008.910 so‘m

increase

121.320

154.690 so‘m

increase

0.750

12 051.710 so‘m

increase

88.930

15-oktabr, 2025
Bozor
833

42-marotaba rekord: oltin quymalari narxi yana oshdi

15 oktabrdan oltin quymasing bir grammi 1 mln 683 ming soʻmdan belgilandi. Jahon bozorida esa oltin narxi bir unsiya uchun $4 200 ga yaqinlashdi.

42-marotaba rekord: oltin quymalari narxi yana oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston va jahon bozorida oltin narxi rekordni yangilashda davom etmoqda. 

15 oktabr kuni ertalab jahon kotirovkalarida oltinning bir unsiyasi $4 200 ga yaqinlashdi. Savdo sessiyalarida maksimal narx $4 191.50 gacha koʻtarildi. Xabar tayyorlanayotgan paytda qimmatbaho metall $4 181.80 dan savdo qilinmoqda.

Bir gramm sof oltin narxi esa $134.5 dollarni tashkil qilmoqda. 

Oʻzbekistonda oltin narxi 

Jahon bozorida oltinning oʻsishi Oʻzbekistonga ham taʼsir qilmoqda. Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 15 oktabrdan oltin quymasing bir grammi 1 mln 683 ming soʻmdan belgilandi. 

Narxlar quyidagicha belgilandi: 

5 gramm — 8 mln 417 ming soʻm 

10 gramm — 16 mln 834 ming soʻm 

20 gramm — 33 mln 668 ming soʻm 

50 gramm — 84 mln 169 ming soʻm 

100 gramm — 168 mln 338 ming soʻm 

Yil boshidan beri oltin quymalari 42-marotaba rekord oʻrnatdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+