12 694.970 so‘m

increase

40.840

14 878.500 so‘m

increase

60.510

161.600 so‘m

increase

0.420

12 694.970 so‘m

increase

40.840

1 kun avval
Bozor

2025 yilning birinchi yarmida $2,1 mlrdlik kriptovalyuta oʻgʻirlandi — rekord koʻrsatkich

2025 yilning ilk olti oyida $2,1 mlrdlik kriptovalyuta oʻgʻirlandi. TRM Labs hisobotiga koʻra, bu hujumlarning taxminan 70 foizi Shimoliy Koreya bilan bogʻliq xakerlar tomonidan amalga oshirilgan.

2025 yilning birinchi yarmida $2,1 mlrdlik kriptovalyuta oʻgʻirlandi — rekord koʻrsatkich
Foto: AI/Pinkod.uz

Yil boshidan buyon xakerlar tomonidan kriptovalyutalardan 2,1 milliard dollarlik mablagʻ oʻgʻirlandi. Bu haqda TRM Labs tomonidan eʼlon qilingan hisobotda taʼkidlangan.

Eʼtiborlisi shundaki, bu yoʻqotishlarning 70 foizidan ortigʻi Shimoliy Koreya bilan bogʻliq xakerlik guruhlari hisobiga toʻgʻri kelmoqda. Hisobotga koʻra, ular 1,6 milliard dollarga yaqin kripto mablagʻlarini qoʻlga kiritgan.

TRM Labs Shimoliy Koreyani "kriptovalyuta sohasidagi eng faol davlat darajasidagi tahdid" deb atagan. Ularning fikricha, kripto oʻgʻirliklari mamlakat tomonidan strategik siyosiy vosita sifatida qoʻllanilmoqda.

Bu yilgi yoʻqotishlarning asosiy qismini — taxminan 1,5 milliard dollarni — fevral oyida roʻy bergan Bybit birjasidagi Ethereum va unga aloqador aktivlar oʻgʻirligi tashkil etadi. Bu hodisa sanoat tarixidagi eng yirik xakerlik hujumi sifatida qayd etildi.

Hujumga olib kelgan sabab sifatida koʻp foydalanuvchili hamyon (multi-signature wallet) provayderi Safe kompaniyasining dasturchilaridan birining ish kompyuteri zararli dastur orqali buzilgani aytiladi. Tergovlarga koʻra, bu holat 4 fevral kuni sodir boʻlgan.

AQSh rasmiylari ham, TRM Labs’ning oʻzi ham bu hujum ortida Shimoliy Koreya xakerlari turganini tasdiqlamoqda. Hisobotda qayd etilishicha, ushbu voqea butun yil davomida kripto xakerliklar haqidagi tasavvurni oʻzgartirib yuborgan.

Maʼlumotlarga koʻra, Shimoliy Koreya hukumatining xalqaro sanksiyalar ostida qolayotgan moliyaviy ehtiyojlarini qoplash uchun kripto oʻgʻirliklaridan foydalanyapti. Ular bu yoʻl bilan yadroviy dasturlarini moliyalashtirayotgani ham koʻp bor aytilgan.

TRM Labs xulosasiga koʻra, bugungi kunda bunday jinoyatlar moliyaviy manfaatdan koʻra koʻproq siyosiy va strategik maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, hisobotda aytilishicha, 2025 yilda kripto sohasidagi yoʻqotishlarning 80 foizi infratuzilma ustidan nazoratni qoʻlga kiritish — yaʼni maxfiy kalitlar va zaxira soʻzlar (seed phrase)ni oʻgʻirlash orqali amalga oshirilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+