12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

14 107.450 so‘m

increase

51.900

150.180 so‘m

increase

4.560

12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

17-fevral, 21:21
Soliq

2025 yil yanvar oyida eng koʻp soliq toʻlagan korxonalar maʼlum boʻldi

Yanvarda 959 ta yirik soliq toʻlovchilar tomonidan jami 8,5 trln soʻm soliq toʻlandi.

 

TBC Bank birinchi marta eng koʻp soliq toʻlovchilar qatoriga kirdi.

 

Avvalgi yillarda yetakchi oʻrinlardan birini egallagan “Oʻzmilliybank” AJ oʻrniga esa AT “Aloqabank” bu roʻyxatdan joy egalladi.

2025 yil yanvar oyida eng koʻp soliq toʻlagan korxonalar maʼlum boʻldi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yil yanvar oyi boʻyicha eng koʻp soliq toʻlagan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati eʼlon qilindi. Statistikaga koʻra, 959 ta yirik soliq toʻlovchi tomonidan jami 8,5 trln soʻm soliq toʻlangan boʻlib, ushbu summaning 60 foizi 20 ta yirik korxonaga toʻgʻri keladi.

Roʻyxatda TBC Bank va “Aloqabank” yangi nomlar sifatida qayd etilgan. Prezident tomonidan “yoshlar banki” sifatida eʼlon qilingan “Aloqabank” 116,5 mlrd soliq toʻlovlari bilan davlat ulushi mavjud korxonalar orasida 9-oʻringa joylashdi. TBC Bank esa 37 mlrd soʻm soliq toʻlab, top-10 xususiy yirik soliq toʻlovchilar qatoridan joy oldi va 8-oʻrinni band qildi.

Shuningdek, avvalgi yillarda yetakchi oʻrinlardan birini egallagan “Oʻzmilliybank” AJ bu safar top-10 roʻyxatidan tushib qolgan. Banklar orasida eng yuqori soliq toʻlovini “Aloqabank” amalga oshirgan – 116,5 mlrd soʻm. Xususiy sektorda “Kapitalbank” 48 mlrd soʻm bilan yetakchilar qatorida boʻlsa, undan biroz orqada “Hamkorbank” 47,6 mlrd soʻm bilan joy olgan.

TOP 10: davlat ulushi bor korxonalar:

  • “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 2,083 trln soʻm bilan yetakchilik qilgan.
  • “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 639,1 mlrd soʻm bilan 2-oʻrinda qayd etilgan.
  • “Oʻzkimyosanoat” AJ – 388 mlrd soʻm bilan 3-oʻrinni band qilgan.
  • “Oʻzbekneftgaz” AJ – 279,8 mlrd soʻm bilan 5-oʻrinni egallagan.
  • “Uzgastrade” AJ – 218,3 mlrd soʻm bilan 7-oʻringa joylashgan.
  • “Oʻztransgaz” AJ – 111,2 mlrd soʻm bilan roʻyxatni yakunlagan.

Xususiy sektor korxonalari:

  • UzBAT AJ QK – 182 mlrd soʻm bilan 1-oʻrinda.
  • ADM Jizzakh MChJ – 62,2 mlrd soʻm bilan 2-oʻrinda.
  • Epsilon Development Company MChJ XK – 50,6 mlrd soʻm  bilan 3-oʻrinda.
  • Unitel MChJ QK (Beeline) – 47,6 mlrd soʻm bilan 6-oʻrinda.
  • Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan MChJ QK – 36,7 mlrd soʻm bilan 9-oʻrinda.
  • RWS Optimum MChJ XK – 33,5 mlrd soʻm bilan TOP-10 roʻyxatini yakunlagan.

Banklar orasida:

  • “Aloqabank” —116,5 mlrd soliq toʻlagan va sohada eng yuqori koʻrsatkichni qayd etgan.
  • “Kapitalbank” — 48 mlrd soliq bilan banklar orasida ikkinchi, xususiy sektorda esa toʻrtinchi boʻlgan.
  • “Hamkorbank” — 47,6 mlrd bilan banklar orasida uchinchi, xususiy sektorda esa beshinchi boʻlgan.
  • TBC Bank — roʻyxatga birinchi marta kirdi va 37 mlrd bilan xususiy sektor ichida toʻqqizinchi boʻldi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+