12 653.480 so‘m

decrease

-109.050

14 871.640 so‘m

decrease

-106.470

159.750 so‘m

decrease

-2.910

12 653.480 so‘m

decrease

-109.050

7 kun avval
Bank

2025 yil birinchi yarim yilligida “Aloqabank” sof foydasi qariyb ikki barobar oʻsdi

2025 yilning yanvar–iyun oylarida “Aloqabank” 207,6 mlrd soʻm miqdorida sof foyda koʻrdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan deyarli ikki barobar yoki 89,2 foizga yuqori.

2025 yil birinchi yarim yilligida “Aloqabank” sof foydasi qariyb ikki barobar oʻsdi
Foto: AI / Pinkod.uz

“Aloqabank” 2025 yilning birinchi yarim yilligi boʻyicha moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, bank olti oy davomida 207,6 mlrd soʻm sof foyda koʻrgan. 

Ushbu koʻrsatkich bank tarixidagi eng yuqori yarim yillik natija — rekord darajadagi sof foyda hisoblanadi.

Bu oʻtgan yilning ayni shu davriga nisbatan qariyb ikki barobar yoki 89,2 foizga koʻproqdir. Maʼlumot uchun, bank 2024 yilning birinchi yarmida 109,7 mlrd soʻm sof foyda qayd etgan edi.

Joriy yilning yanvar–iyun oylarida “Aloqabank” ning jami foizsiz daromadlari 1,5 trln soʻmni tashkil etdi. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 44,4 foizga koʻpdir.

Shuningdek, foizli daromadlar ham oʻsgan — 989,8 mlrd soʻmni tashkil qilgan. Bu yoʻnalishdagi oʻsish 42,7 foizni tashkil etadi.

Bank ushbu davrda xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar uchun 198,9 mlrd soʻm sarflagan. Shuningdek, 13 mlrd soʻmlik daromad soligʻi ham toʻlangan.

2025 yil 1 iyun holatiga koʻra, “Aloqabank” ning jami kredit portfeli 14,8 trln soʻmni tashkil qilgan. Shundan 2,7 foizi yoki 396 mlrd soʻmlik qismi muammoli kreditlar (NPL) hissasiga toʻgʻri keladi.

Shuningdek, 1 iyun holatiga koʻra, “Aloqabank” muomaladagi jami bank kartalari soni 2,1 million donani tashkil etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+