12 586.410 so‘m

increase

54.630

14 758.820 so‘m

increase

220.700

160.420 so‘m

increase

0.600

12 586.410 so‘m

increase

54.630

2 kun avval
Bank

May oyida banklardagi NPL miqdori biroz kamaydi

May oyida Oʻzbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar (NPL) hajmi 130 milliard soʻmga kamaydi — bu soʻnggi oylardagi oʻsish tendensiyasidan farq qiladi.

Umumiy kredit portfeli 2,1 trillion soʻmga oshgan boʻlib, oʻsishning qariyb 2 trillion soʻmi xususiy banklar hissasiga toʻgʻri keldi.

Jumladan, “Agrobank” 2,2 trillion soʻmlik portfel oʻsishi bilan “Oʻzsanoatqurilishbank”ni ortda qoldirib, kredit portfeli hajmi boʻyicha kuchli ikkinchi oʻringa chiqdi.

May oyida banklardagi NPL miqdori biroz kamaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank bergan maʼlumotga koʻra, 2025 yilning may oyida Oʻzbekiston banklaridagi muammoli kreditlar (NPL) miqdorida kamayish kuzatildi. Bu holat soʻnggi yillardagi kamyob voqea hisoblanadi, chunki bundan avvalgi oylar davomida banklardagi NPL miqdori ketma-ket oʻsib kelayotgan edi.

May oyida 36 ta bankning umumiy kredit portfeli 2,1 trln soʻmga oshdi. Bu oʻsish asosan xususiy banklar hisobiga toʻgʻri kelib, ularning kredit portfellarida qariyb 2 trln soʻmlik oʻsish qayd etilgan. Shu bilan birga, muammoli kreditlar hajmida 130 mlrd soʻmlik pasayish kuzatildi.

Davlat banklari

Davlat banklarida ketma-ket ikkinchi oy davomida ham NPL miqdorining kamayishi kuzatilmoqda. Xususan, may oyida davlat banklaridagi muammoli kreditlar hajmi 226 mlrd soʻmga qisqargan. Bu borada eng katta kamayish “Oʻzsanoatqurilishbank” hissasiga toʻgʻri kelib, mazkur bankda NPL miqdori 119 mlrd soʻmga kamaygan. Shuningdek, “Oʻzmilliybank”da ham muammoli kreditlar hajmida sezilarli — 100 mlrd soʻmlik — kamayish qayd etilgan.

Biroq yuqoridagi ijobiy tendensiyalarga qarama-qarshi ravishda, ayrim banklarda NPL hajmi ortgan. Jumladan, “Agrobank” portfelidagi muammoli kreditlar 67 mlrd soʻmga oshgan. Shuningdek, “Aloqabank” va “Asakabank”da ham NPL miqdorida oz miqdorda oʻsish kuzatilgan.

Kredit portfeli hajmi boʻyicha ham muayyan oʻzgarishlar roʻy berdi. Xususan, “Agrobank” 2,2 trln soʻmlik portfel oʻsishi bilan ilgari ikkinchi oʻrinda turgan “Oʻzsanoatqurilishbank”ni ortida qoldirdi.

Xususiy banklar

Davlat ulushi mavjud boʻlmagan xususiy banklarda esa may oyida NPL miqdori oshdi. Umumiy hisobda bu banklardagi muammoli kreditlar hajmi 96 mlrd soʻmga koʻpaygan. Ushbu toifadagi banklar orasida eng katta oʻsish Ziraat Bank’da qayd etilgan boʻlib, bu yerda NPL miqdori 65 mlrd soʻmga oshgan. Shuningdek, Kapitalbankda 43 mlrd soʻm, TBC Bank’da esa 40 mlrd soʻmlik muammoli kreditlar oʻsishi kuzatilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+