12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

14 710.730 so‘m

decrease

-33.720

159.510 so‘m

increase

1.230

12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

29-mart, 17:36
Texnologiya

Ilon Mask X ijtimoiy tarmogʻini $33 mlrdga sotdi

Ijtimoiy tarmoqni sotib olgan xaridor uning oʻziga tegishli xAI kompaniyasi boʻldi.

Ilon Mask X ijtimoiy tarmogʻini $33 mlrdga sotdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Ilon mask oʻziga tegishli X ijtimoiy tarmogʻini yana bir oʻziga tegishli xAI ga sotganini eʼlon qildi.

Mask X’dagi postida bu qaror xAI’ning ilgʻor sunʼiy intellekt imkoniyatlari va tajribasini X’ning ulkan auditoriyasi bilan birlashtirish orqali ulkan salohiyatni ochib berishini taʼkidladi. Unga koʻra, ushbu kelishuv xAI’ni 80 milliard dollar, X’ni esa 33 milliard dollar qiymatida baholagan.

Mask 2022 yilda Twitter nomi bilan tanilgan platformani 44 milliard dollarga sotib olgan, keyinchalik uning xodimlarini qisqartirgan va kompaniya siyosatini oʻzgartirib, uni X deb qayta nomlagan edi.

Maskning soʻzlariga koʻra, xAI va X’ning kelajagi bir-biriga bogʻliq. U ikki kompaniyaning maʼlumotlar, modellar, hisoblash quvvati, tarqatish va isteʼdodlarini birlashtirish yoʻlida muhim qadam qoʻyilganini aytgan. Unga koʻra, bu qoʻshilish xAI’ning ilgʻor sunʼiy intellekt texnologiyalari va tajribasini X’ning global qamrovi bilan uygʻunlashtirib, ulkan imkoniyatlarni ochib beradi.

Bu oʻzgarish X foydalanuvchilari uchun qanday taʼsir koʻrsatishi hozircha nomaʼlum. Shuni aytish kerakki, xAI allaqachon X foydalanuvchilarining postlaridan oʻz sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish uchun foydalanadi, shuningdek, pullik X foydalanuvchilari uning sunʼiy intellekt chatboti Grokʼning premium imkoniyatlariga kirish imkoniyatiga ega.


Avvalroq Telegram’da Ilon Maskga tegishli Grok chat-botidan foydalanish imkoniyati paydo boʻlgani haqida xabar berilgan edi

Xizmat hozirda Telegram Premium obunachilari uchun bepul taqdim etilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+