12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

14 710.730 so‘m

decrease

-33.720

159.510 so‘m

increase

1.230

12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

6 kun avval
Iqtisodiyot

Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2024 yilda $2,1 mlrddan ortiq sof foyda oldi

Jahonning yetakchi oltin qazib oluvchi korxonasi 2024 yilni $2,1 mlrddan koʻproq sof foyda bilan yakunladi. Bu koʻrsatkich 2023 yilga nisbatan 44,6 foiz yoki $659 mlnga koʻproqdir. Foyda oʻzbek soʻmida ifodalanganda 27,7 trillion soʻmni tashkil qiladi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2024 yilda $2,1 mlrddan ortiq sof foyda oldi
Foto: AI / Pinkod.uz

Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2024 yil uchun auditlangan moliyaviy hisobotlarini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, kompaniya foydasi sezilarli darajada oshgan.

Jahonning yetakchi oltin qazib oluvchi korxonasi 2024 yilni $2,1 mlrddan ortiq sof foyda bilan yakunladi. Bu koʻrsatkich 2023 yilga nisbatan $659 mlnga koʻproqdir. Foyda oʻzbek soʻmida ifodalanganda 27,7 trillion soʻmni tashkil qiladi.

Kompaniyaning umumiy savdo aylanmasi $7,4 mlrdni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan $1,7 mlrdga oshgan. Operatsion foyda esa $3,9 mlrdga yetgan.

2024 yil davomida NKMK $1,45 mlrd (18,8 trln soʻm) miqdorida daromad soligʻi toʻlagan. Jami soliq toʻlovlari taqriban $2,7 mlrdga (35,5 trln soʻm) teng boʻlib, kombinat mamlakatdagi eng yirik soliq toʻlovchi sifatida qayd etilgan. Soliq qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlangan soliqlarning uchdan bir qismidan ortigʻi aynan NKMK hissasiga toʻgʻri keladi.

Kombinatning jami aktivlari 2024 yil holatiga koʻra $8,8 mlrdni tashkil qilmoqda — koʻrsatkich yil boshidan buyon $0,3 mlrdga oshgan. Shu bilan birga, majburiyatlar ham $0,2 mlrdga koʻpayib, umumiy hisobda $3,8 mlrddan yetgan.

NKMK London birjasida IPO oʻtkazishi mumkin

Hisobotda qayd etilishicha, Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2024 yil oktabr oyida umumiy qiymati $1 mlrdga teng boʻlgan yevrobondlarni London fond birjasiga joylashtirgan. Mazkur yevrobondlar 2028 va 2031 yillarda qaytarilishi rejalashtirilgan. Ushbu jarayonda Citigroup Inc. va JPMorgan Chase & Co. moliyaviy vositachi sifatida ishtirok etgan.

Bloomberg’ning xabar berishicha, 2025 yilning yarmida NKMK umumiy qiymati $5,2 mlrdga teng aksiyalarni birlamchi ommaviy taklif (IPO) orqali joylashtirishi mumkin. Ushbu jarayonda Rothschild & Co. IPO boʻyicha maslahatchi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+