12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

28-yanvar, 18:20
Bozor

Eng katta qulash: NVIDIA’ning bozor qiymati bir kunning oʻzida deyarli $600 mlrdga kamaydi

Xitoyning sunʼiy intellekt startapi muvaffaqiyati AQSh kompaniyalari aksiyalarini qulatmoqda.

Eng katta qulash: NVIDIA’ning bozor qiymati bir kunning oʻzida deyarli $600 mlrdga kamaydi

NVIDIA aksiyalari dushanba kuni 17% ga tushib, kompaniyaning bozor qiymati taxminan $600 milliardga kamaydi — bu AQSh tarixidagi eng katta bir kunlik yoʻqotishdir. Bu keskin tushish texnologiya sektori boʻylab tarqaldi va Nasdaq indeksini 3,1% ga pasaytirdi. Nvidia chiplariga tayanadigan maʼlumot markazlari kompaniyalari ham katta zarar koʻrdi. AQSh kompaniyalari koʻrgan umumiy zarar esa $1trln dan oshgan.

Asosiy zararlar:

  • NVIDIA aksiyalari 17% ga pasayib, bir kunning oʻzida deyarli $600 mlrd yoʻqotdi. Bu AQSh kompaniyalari tarixidagi bir kunlik eng yuqori qulashdir.
  • Kompaniya bosh direktori Jenson Xuangning boyligi buning natijasida $124,4 mlrddan $103,7 mlrdga pasaydi va bu uni Forbes milliarderlar reytingida 10-oʻrindan 17-oʻringa uloqtirdi
  • Bir hafta oldin NVIDIA AI chip bozoridagi ustunligi tufayli Apple’ni ortda qoldirib, dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylangan edi. Biroq, dushanba kuni Xitoy raqobatchilarining tezlashayotgan rivoji NVIDIA’ning pozitsiyasini zaifligini ochib berdi.

Boshqa zararlar:

  • Oracle aksiyalari 14% ga pasaydi. Buning natijasida uning direktori Larri Elsonning boyligi $27,6 mlrdga kamayib, uni kunning eng katta magʻlubiga aylantirdi.
  • Bundan tashqari, Microsoft, DELL va ASML kabi boshqa texnologik gigantlar ham aksiyalari qiymatining kamayishini boshdan kechirdi.

Nega aksiyalar qulamoqda?

DeepSeek AI effekti. Xitoylik startap DeepSeek atigi $6 million sarmoya bilan ChatGPT va Gemini kabi raqobatchilarni turli koʻrsatkichlarda ortda qoldirdi. Bu holat AI texnologiyalariga qilingan milliardlab sarmoyalarning samaradorligiga shubha uygʻotdi. Investorlar “AI pufakchasi” xavfi haqida xavotirlana boshladi. Mablagʻlarini yoʻqotishdan qoʻrqqan investorlar tabiiyki oʻz aksiyalarini sotishni boshlashdi.


Mavzuga doir: Xitoyning kichik bir AI loyihasi qanday qilib texnogigantlarning trillion dollar yoʻqotishiga sabab boʻlmoqda?


Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+