12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

14 710.730 so‘m

decrease

-33.720

159.510 so‘m

increase

1.230

12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

4 kun avval
Iqtisodiyot

Jahon savdosi Tramp tariflari tufayli 2025 yilda 1,5 foizgacha qisqarishi mumkin — JST

Jahon savdo tashkiloti (JST) AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan boshlangan savdo urushini “inqiroz” deb atadi va vaziyat yanada yomonlashishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Jahon savdosi Tramp tariflari tufayli 2025 yilda 1,5 foizgacha qisqarishi mumkin — JST
Foto: AI / Pinkod.uz

Jahon savdo tashkiloti (JST) AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan boshlangan savdo urushini “inqiroz” deb atadi va vaziyat yanada yomonlashishi mumkinligidan ogohlantirdi. Tashkilot 2025 yil uchun savdo prognozlarini yangilab, tovarlar va xizmatlar savdosida sezilarli pasayish kutilayotganini maʼlum qildi.

JST iqtisodchilari fikricha, ayniqsa Shimoliy Amerikada eksport 12,6 foizga, import esa 9,6 foizga kamayadi. Bu esa global savdo hajmiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatadi. 

Tahlillar savdo siyosatidagi noaniqliklar savdo oqimlarini susaytirishi, eksport hajmini kamaytirishi va iqtisodiy faollikka salbiy taʼsir koʻrsatishini koʻrsatmoqda. Tariflar esa keng koʻlamli va koʻpincha kutilmagan oqibatlarga olib keluvchi vosita sifatida baholanmoqda.

JST maʼlumotiga koʻra, hozirgi sharoitda global tovar savdosi hajmi 2025 yilda atigi 0,2 foizga oshadi — bu “past tarif” ssenariysi boʻyicha kutilgan oʻsishdan deyarli 3 foiz bandga past koʻrsatkichdir.

Biroq, agar Tramp maʼmuriyatining hozircha toʻxtatilgan "oʻzaro javob tariqasidagi bojlar" yana kuchga kirsa, jahon savdosi 2025 yilda 1,5 foizgacha qisqarishi mumkin.

Joriy vaziyatning asosiy sababi sifatida AQSh prezidenti Donald Tramp koʻrilmoqda. Ikkinchi prezidentlik muddatini boshlagan Tramp kuchli proteksionistik siyosat olib bormoqda. 

Aprel boshida u deyarli barcha davlatlarga 10 foizlik bazaviy boj tariflari joriy qilinishini eʼlon qildi. Xitoy, Vetnam va Yevropa Ittifoqi kabi davlatlar esa oʻzaro javob tariqasidagi oshirilgan tariflarga uchragan edi.

Keyinchalik Tramp tariflarga 90 kunlik pauza eʼlon qilganini maʼlum qildi. Biroq u mazkur yengillik Xitoyga nisbatan tatbiq etilmasligini, balki Osiyo mamlakati oshirilgan tariflarga uchrashini aytib oʻtgan. 

Hozirgi vaqtda Xitoyga nisbatan tariflar 145 foizga yetgan. Shu bilan birga, u ayrim yengilliklarni ham eʼlon qildi — telefonlar va boshqa elektronika mahsulotlari mazkur tariflardan ozod qilindi. Bu yengilliklar Xitoydan olib kiriladigan mahsulotlarga ham taalluqli.

Oʻz oʻrnida javob tariqasida Xitoy ham 125 foizlik boj tariflari joriy qilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+