11 895.570 so‘m

decrease

-45.380

13 826.220 so‘m

increase

11.730

152.980 so‘m

increase

0.300

11 895.570 so‘m

decrease

-45.380

8 soat avval
Bozor
48

Zootopia 2 animatsion filmlar tarixidagi eng yirik ochilishga erishdi

Walt Disney’ning “Zootopia 2” multfilmi global kassada rekord daromad bilan ochildi. Animatsion film Shimoliy Amerikada dam olish kunlari 96 million dollar, dunyo boʻylab esa 556 million dollar daromad topdi. Eng katta bozor Xitoy boʻlib, u yerda 272 million dollar tushum bilan filmning umumiy daromadining deyarli yarmini tashkil etdi.

Zootopia 2 animatsion filmlar tarixidagi eng yirik ochilishga erishdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Walt Disney kompaniyasining hayvonlar shahri haqidagi mashhur animatsion film davomi kutilganidan ham kuchli start oldi. 

Yakshanba kuni eʼlon qilingan studiya hisob-kitoblariga koʻra, Zootopia 2 Shimoliy Amerikada dam olish kunlari 96 million dollar, Shukronalik bayramining besh kunida 156 million dollar va chorshanba kungi premeradan buyon dunyo boʻylab hayratlanarli 556 million dollar daromad koʻrdi.

Bu natija uni animatsion filmlar tarixidagi eng katta xalqaro ochilish, barcha janrlar boʻyicha toʻrtinchi eng yirik global debyut va 2025 yilning xalqaro miqyosda eng yaxshi startiga aylantirdi. 

Zootopia 2

Bu 2025 yilda Shimoliy Amerikadagi oltinchi eng yirik premera boʻldi. Ammo filmning eng katta bozori Xitoydir. U yerdagi chiptalar sotuvidan tushgan 272 million dollarlik ulkan summa filmning umumiy global daromadining deyarli yarmini tashkil etdi. Amerikada ishlangan hech bir animatsion film hali bunchalik katta natija bilan ochilmagan edi. Bu Xitoyda “Qasoskorlar: Intiho” (Avengers: Endgame) filmidan keyin barcha davrlarning ikkinchi eng yaxshi xorijiy film premerasi boʻldi.

Bir paytlar Xitoydagi bunday natija Gollivud uchun deyarli odatiy hol edi. Biroq soʻnggi yillarda geosiyosiy munosabatlarning keskinlashuvi sababli kassa natijalari, yumshoq qilib aytganda, kutilmagan tus oldi. “Yura davri dunyosi” (Jurassic World) kabi sanoqli istisnolardan tashqari, Gollivud Xitoy kinoteatrlaridan deyarli umidini uzgan va blokbasterlar byudjetini shunga mos ravishda qayta koʻrib chiqayotgan edi.

Uncredited

“Zootopia 2”ning Xitoydagi ushbu katta muvaffaqiyati shunchaki tasodif yoki munosabatlardagi iliqlashuv belgisi boʻlishi mumkin. Soʻnggi yillarda kinoteatrlarda namoyish etiladigan filmlarni senzura qiladigan Xitoy koʻproq mahalliy filmlarga ustunlik berayotgan edi. Shu yilning boshida mahalliy blokbaster “Ne Chja 2” (Ne Zha 2) Xitoyda 1,8 milliard dollar daromad keltirdi.

Film hozirda butun dunyoda, jumladan Oʻzbekiston kinoteatrlarida ham namoyish etilmoqda. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+