12 220.980 so‘m

decrease

-54.600

14 495.300 so‘m

decrease

-96.680

158.380 so‘m

decrease

-0.710

12 220.980 so‘m

decrease

-54.600

9 soat avval
Bozor
22

Yil boshida elektromobillar bozori rekord darajada oʻsdi

Yanvar oyida Oʻzbekistonda mahalliy va import qilingan yangi yengil avtomobillar savdosi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7,2 foizga oʻsib, 28,6 ming donani tashkil etdi. 

Bu vaqtda elektromobillar savdosi 9 foizga oshib, 6,1 ming donani tashkil etdi. Birlamchi bozorda esa realizatsiya hajmi 45,3 foizga oʻsib, ushbu segment bozor umumiy oʻsishining asosiy drayveriga aylandi.

Yil boshida elektromobillar bozori rekord darajada oʻsdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Yanvar oyida mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilingan yangi yengil avtomobillar savdosi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7,2 foizga oʻsib, 28,6 ming donani tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng yuqori savdo faolligi Buxoro, Qashqadaryo, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlarida kuzatildi. Shu bilan birga, yangi yengil avtomobillar sotuvi Samarqand va Xorazm viloyatlarida, shuningdek Toshkent shahrida oʻtgan yilga nisbatan pasaydi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida savdolar oʻtgan yil yanvar oyiga nisbatan 11 foizdan ortiq oʻsib, 24 ming dondan ziyodni tashkil etdi. Ayni paytda, xorijiy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar realizatsiyasi qariyb 4,4 ming donani tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga kamaydi.

Elektromobillar bozor oʻsishining asosiy drayveri

Yanvar oyida elektromobillar savdosi 9 foizga oshib, 6,1 ming donani tashkil etdi. Hududiy kesimda sotuvlarning asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelib, poytaxtda 3,7 mingta elektromobil sotildi. Bu umumiy hajmning 62 foizdan ortigʻini tashkil etadi.

Shuningdek, elektromobillar bozorida sezilarli oʻsish Samarqand (3,5 barobar), Namangan (2,4 barobar), Surxondaryo (5 barobar) hamda Xorazm (3 barobar) viloyatlarida qayd etildi.

Ayni paytda, elektromobillarning birlamchi bozori rekord darajada — 45,3 foizga oʻsib, 4,7 ming donani tashkil etdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+