12 102.390 so‘m

decrease

-33.370

13 990.360 so‘m

decrease

-77.410

153.080 so‘m

decrease

-0.320

12 102.390 so‘m

decrease

-33.370

4 soat avval
Bank
26

Oʻzbekistonda bir yil ichida elektromobil savdosi hajmi 1,5 barobarga oshdi

2026 yil fevral oyida Oʻzbekistonda jami 84,2 mingta avtomobil sotildi. Shulardan 6,9 mingtasi elektromobil hisobiga toʻgʻri keladi. Bu yanvar oyiga nisbatan 14 foizga, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan esa 1,5 barobarga koʻproqdir.

Oʻzbekistonda bir yil ichida elektromobil savdosi hajmi 1,5 barobarga oshdi
Foto: AI/Pinkod.uz

2026 yilning fevral oyida Oʻzbekistonda avtomobil bozori faolligi oshdi. Oy davomida mamlakat boʻyicha jami 84,2 mingta avtomobil sotildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlum qildi.

Fevral oyidagi savdo hajmi yanvar oyiga nisbatan 2 foizga, 2025 yil fevraliga nisbatan esa 6,4 foizga oshgan. Hududlar kesimida yillik eng katta oʻsish Samarqand viloyatida (65%), Toshkent viloyatida (12%) hamda Sirdaryo viloyatida (7,2%) qayd etildi.

Yangi avtomobillar

Fevral oyida mamlakatda 24 mingta mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobil ishlab chiqarildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10,7 foizga koʻp.

Shuningdek, xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosida ham ijobiy dinamika kuzatildi. Oy davomida mamlakatda 3 mingta import avtomobil sotilib, yillik hisobda 1,5 foizlik oʻsish qayd etildi.

Elektromobillar

Fevral oyida yengil elektromobillar savdosi 6,9 mingtani tashkil etdi. Bu koʻrsatkich yanvar oyiga nisbatan 14 foizga koʻp.

Yillik taqqoslashda esa elektromobillar savdosi 1,5 barobar oshgan.

Elektromobillar savdosining asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Fevral oyida poytaxtda 4,5 mingta elektromobil sotilib, bu mamlakat boʻyicha umumiy savdo hajmining 65 foizini tashkil etdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+