12 586.410 so‘m

increase

54.630

14 758.820 so‘m

increase

220.700

160.420 so‘m

increase

0.600

12 586.410 so‘m

increase

54.630

14 soat avval
Texnologiya

Yer 2025 yilda tarixdagi eng qisqa kunni boshdan kechirishi mumkin

1973 yildan beri mutaxassislar Yerning aylanishini aniqlik bilan kuzatib borishmoqda. Taxminlarga koʻra, 2025 yilning 5 iyul, 9 iyul, 22 iyul yoki 5 avgust kunlaridan biri Yerning eng qisqa kuni boʻlishi mumkin.

Yer 2025 yilda tarixdagi eng qisqa kunni boshdan kechirishi mumkin
Foto: AI / Pinkod.uz

Soʻnggi yillarda Yerning aylanish tezligi olimlar uchun kutilmagan holat sifatida qayd etilmoqda. 

1973 yildan beri mutaxassislar Yerning aylanishini aniqlik bilan kuzatib borishmoqda. 2020 yildan boshlab esa Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi borgan sari tezlashayotganini aniqlashgan. Har yili Yerning eng qisqa kuni qayd etilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, 2025 yilda ham bu holat takrorlanadi.

Taxminlarga koʻra, 2025 yilning 5 iyul, 9 iyul, 22 iyul yoki 5 avgust kunlaridan biri Yerning eng qisqa kuni boʻlishi mumkin. Bunda Oyning oʻsha kundagi orbitadagi holati hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. 

Yer har kuni oʻz oʻqi atrofida  aylanishi odatda 24 soatni, yaʼni 86 400 soniyani tashkil etadi. Biroq bu raqam har doim ham aniq boʻlmaydi. Baʼzida aylanish vaqti biroz qisqaradi yoki choʻziladi. Yerning aynan qancha vaqtda aylanayotgani “kun uzunligi” (LOD) orqali oʻlchanadi. Bu koʻrsatkichlar atom soatlari orqali aniqlanadi va hatto millisoniya darajasida oʻzgarishlar ham qayd etiladi.

Yerning bunday tez aylanishi ilm-fan olamida koʻplab savollarni tugʻdirmoqda. Chunki oʻnlab yillar davomida Yerning aylanishi sekinlashib kelayotgan edi. Bu sekinlashuv Oy tortish kuchi, muzliklarning mavjudligi, suv oqimlari va boshqa omillar bilan bogʻliq boʻlgan. Shuning uchun vaqt tizimlariga “sakrash soniyasi” qoʻshilib, moslashtirish ishlari olib boriladi. Endilikda esa mutaxassislar kun qisqargani sababli soatdan bir soniyani olib tashlash — yaʼni “orqaga sakrash soniyasi” kiritish haqida oʻylashmoqda.

Yerning aylanishiga Oy kuchli taʼsir koʻrsatadi. Oyning Yerga nisbatan holati va tortish kuchi aylanish tezligiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladi. Olimlarning fikricha, 2025 yilda eng qisqa kun aynan Oy tortish kuchining eng zaif boʻlgan vaqtiga toʻgʻri keladi. Bu esa yuqorida tilga olingan toʻrt sanadan birida sodir boʻlishi mumkin.

Yerning tezlashuvi hozircha aniq bir sabab bilan bogʻlanmagan. Zilzilalar, muzliklarning erib ketishi, Yer yadrosidagi harakatlar yoki okean oqimlarining oʻzgarishi kabi koʻplab ehtimollar ilgari surilgan. Biroq hozirgi ilmiy asbob-uskunalar bunday nozik oʻzgarishlarni toʻliq aniqlashga imkon bermayapti.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+