12 426.830 so‘m

decrease

-20.520

14 566.730 so‘m

increase

20.760

146.960 so‘m

increase

0.880

12 426.830 so‘m

decrease

-20.520

3 soat avval
Soliq

Yanvar-iyun oylarida savdo sohasidagi tovar aylanmasi $35,9 mlrdni tashkil qildi

2025 yilning yanvar–iyul oylarida savdo sohasi korxonalari davlat byudjetiga 20,2 trln soʻm soliq toʻladi. Eng yirik soliq toʻlovchilar qatoriga Anglesey Food, Total Oil Invest va Uzum Market kabi kompaniyalar kirdi.

Yanvar-iyun oylarida savdo sohasidagi tovar aylanmasi $35,9 mlrdni tashkil qildi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yilning yanvar–iyul oylarida savdo sohasi korxonalari tomonidan 20,2 trln soʻm soliq toʻlandi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Rasmiy hisobotga koʻra, mazkur davrda savdo sohasida faoliyat yuritayotgan 147,2 mingta yuridik shaxs qayd etilgan. Ularning umumiy tovar aylanmasi 443,1 trln soʻm, soliq imtiyozlari hajmi esa 3,8 trln soʻmni tashkil etgan.

TOP-20 soliq toʻlovchilar ulushi

Sohada eng yirik soliq toʻlovchilar qatoriga kiruvchi TOP-20 korxona umumiy hisobda 1,58 trln soʻm soliq toʻlagan. Bu koʻrsatkich sohadan tushgan umumiy soliqlarning 7,8 foizini tashkil etadi.

Ularning tovar aylanmasi 30,5 trln soʻm (6,9 foiz ulush), soliq imtiyozlari hajmi esa 213,1 mlrd soʻm boʻlib, umumiy imtiyozlarning 5,6 foiziga teng.

Eng koʻp soliq toʻlovchi korxonalar

Roʻyxatning yuqori qismida quyidagi yirik kompaniyalar joy oldi:

  • Anglesey Food MChJ XK(Korzinka) – 222,5 mlrd soʻm,
  • Total Oil Invest MChJ – 192,5 mlrd soʻm,
  • Uzum Market MChJ XK – 137,6 mlrd soʻm,
  • UNG Petro MChJ – 108,1 mlrd soʻm,
  • “Namangan-Istiqlol Boqi” MChJ – 107,5 mlrd soʻm.

Shuningdek, Asr and Co MChJ (90,5 mlrd soʻm), Intermax Petroleum MChJ (75,8 mlrd soʻm), Grand Pharm Trade MChJ (72,9 mlrd soʻm), Nestle Food MChJ (60,2 mlrd soʻm) va Alif Moliya MChJ (57,7 mlrd soʻm) ham eng koʻp soliq toʻlovchi korxonalar qatoridan joy olgan.

Soliqlar tarkibida asosiy ulushni QQS (35%), aksiz soligʻi (23,7%) va foyda soligʻi (18,6%) egalladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+