12 109.020 so‘m

increase

75.740

14 139.700 so‘m

increase

78.810

150.310 so‘m

increase

1.010

12 109.020 so‘m

increase

75.740

24-noyabr, 2025
Bank
1112

Yangilangan prognoz: kelgusi 3 yilda dollar kursi qanchaga chiqadi?

Oʻzbekiston boʻyicha kelgusi yillarga moʻljallangan makroiqtisodiy prognoz maʼlumotlari eʼlon qilindi. Unda mamlakatning YaIM hajmi, aholi boshiga toʻgʻri keladigan daromad va dollar kursining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati boʻyicha koʻrsatkichlar keltirilgan. Mazkur prognozlar 2025–2028 yillarni qamrab oladi.

Yangilangan prognoz: kelgusi 3 yilda dollar kursi qanchaga chiqadi?
Foto: AI/Pinkod.uz

Avvalroq S&P Global xalqaro reyting agentligi Oʻzbekistonning uzoq muddatli suveren kredit reytingini “barqaror” prognoz bilan “BB” darajasiga oshirgani haqida xabar berilgan edi. Bu soʻnggi yetti yil ichida reytingning birinchi marta koʻtarilishi hisoblanadi.

Agentlik, shuningdek, dollar kursining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati boʻyicha ham oʻz prognozlarini taqdim qildi. Unga koʻra, dollar kursining kutilmalari avvalgi prognozlarga nisbatan ancha past shakllangan.

Shu bilan birga, S&P Global Oʻzbekistonning yaqin yillardagi YaIM hajmi va aholi boshiga YaIM koʻrsatkichlari boʻyicha ham prognoz berdi.

YilYaIM (mlrd $)Aholi boshiga YaIM (ming $)Dollar kursi (MB/$)
202290,02,511 225
2023103,02,812 338
2024115,03,112 920
2025134,13,512 050
2026154,74,012 592
2027168,04,213 158
2028182,34,513 751

Prognozga koʻra, Oʻzbekiston YaIM hajmi:

  • 2025 yilda — $134,1 mlrd 

  • 2026 yilda — $154,7 mlrd 

  • 2027 yilda — $168 mlrd 

  • 2028 yilda — $182,3 mlrd 

Aholi boshiga YaIM:

  • 2025 yilda — $3,5 ming

  • 2026 yilda — $4 ming

  • 2027 yilda — $4,2 ming 

  • 2028 yilda — $4,5 ming

Dollar kursi prognozi (yil oxiriga nisbatan):

  • 2025 yil oxirida — 12 050 soʻm
  • 2026 yil oxirida — 12 592 soʻm
  • 2027 yil oxirida — 13 158 soʻm
  • 2028 yil oxirida — 13 751 soʻm

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+