12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

14 107.450 so‘m

increase

51.900

150.180 so‘m

increase

4.560

12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

12-fevral, 11:30
Bank

Yangi kredit tashkiloti: mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat berildi

Bunday tashkilotlar keyinchalik oʻz faoliyatini bank shakliga ham aylantirishi mumkin.

Yangi kredit tashkiloti: mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat berildi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yil 11 fevralda qabul qilingan (OʻRQ-1026-son) qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Ushbu qonun mikromoliya tashkilotlari va tijorat banklari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mikromoliya tashkilotlariga qoʻshimcha moliyaviy resurslarni, jumladan, depozitlarni jalb etish imkoniyatini yaratadi.

Qonunga muvofiq, bank xizmatlarini belgilangan shartlar asosida koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan mikromoliya banki instituti joriy etiladi.

“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, quyidagi kredit tashkilotlari oʻz faoliyatini oʻzgartirishi mumkin:

  • Mikromoliya tashkiloti – mikromoliya banki faoliyatiga oʻtish imkoniyatiga ega.
  • Mikromoliya banki – bank faoliyatiga oʻzgarishi mumkin.
  • Tijorat banki – mikromoliya banki sifatida faoliyat yuritishi mumkin.
  • Mikromoliya banki – mikromoliya tashkiloti sifatida qayta tashkil etilishi mumkin.

Shuningdek, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, mikromoliya banki faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya Markaziy bank tomonidan beriladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+