12 309.990 so‘m

decrease

-10.350

14 666.120 so‘m

increase

51.730

159.640 so‘m

increase

0.280

12 309.990 so‘m

decrease

-10.350

10 soat avval
Biznes
68

Xorijdagi vatandoshlar uchun yangi media-loyiha — “MUSOFIR ShOU” ishga tushdi

Loyiha xorijda yashab mehnat qilayotgan oʻzbekistonliklarning haqiqiy hayotiy hikoyalarini jamlaydi hamda ularga koʻmak olish va oʻz hayotini oʻzgartirish imkoniyatini taqdim etadi.

Xorijdagi vatandoshlar uchun yangi media-loyiha — “MUSOFIR ShOU” ishga tushdi

Soʻnggi yillarda mehnat muhojirligi minglab oʻzbek oilalari hayotining ajralmas qismiga aylandi. Kimdir bir necha oyga ketadi, kimdir esa yillab xorijda qoladi. Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyilgan “MUSOFIR ShOU” loyihasi aynan shu insonlarga — vatanidan uzoqda yashab mehnat qilayotganlarga bagʻishlangan.

Loyiha nimasi bilan qiziqish uygʻotmoqda?

Shouning asosiy farqli jihati — uning ochiq va qulay ekanligida. Tarixda birinchi bor ushbu loyihada dunyoning istalgan mamlakatida turib, onlayn ishtirok etish yoki kuzatib borish mumkin. Bundan tashqari, loyiha mehnat muhojirligi haqida stereotiplarsiz, Oʻzbekistondagi koʻplab oilalar uchun xos boʻlgan insoniy hikoyalar yordamida soʻzlaydi.

Shou turli mamlakatlarda yashab ishlayotgan boʻlsada, uyi va oilasi bilan turli rishtalar orqali bogʻlangan insonlarni oʻz saflarida birlashtiradi. Ishtirokchilar oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashadi, xorijdagi hayot haqida soʻzlab beradi va eng muhimi tegishli yordam hamda hayotiy shart-sharoitlarini ijobiy tomonga oʻzgartirish imkoniyatini qoʻlga kiritadi. 

Loyiha qanday qiyofaga ega?

Shou formati mehnatmuhojirlarining haqiqiyhayotiy hikoyalariga — ularning xorijdagi yoʻli, moslashishdagi qiyinchiliklari, hayotiy sinovlari va shaxsiy yutuqlariga asoslanadi.

Tashkilotchilar bergan maʼlumotga koʻra, mamlakat tashqarisida mehnat qilayotgan muhojirlar yoki ularning oila aʼzolari shou ishtirokchisiga aylanishi mumkin. 

Loyiha ishtirokchilarga amaliy koʻmak berishni, shuningdek, qimmatbaho sovgʻalar — pul mablagʻlari, maishiy texnika va avtomobil yutuqlarini nazarda tutgan.

Loyiha nima beradi?

Loyiha yaratuvchilari quyidagi asosiy maqsadlarni oʻz oldilariga qoʻyishgan:

  • oilalarni birlashtiruvchi noyob format yaratish;
  • hayotiy hikoyalar ijobiy oʻzgarishlar uchun asosga aylanadigan maydonni shakllantirish;
  • koʻngilochar format va sovgʻalar yutish imkoniyatini hayotga tatbiq etish.

Loyihaning ahamiyatli jihati nimada?

Kuzatuvchilar fikricha, bunday shouning yoʻlga qoʻyilishi - mehnat muhojirlarining hayotiy hikoyalari va haqiqiy tajribasiga boʻlgan eʼtiborni ifoda qiladi.

Ularning koʻpchiligi uchun bu loyiha ekrandagi oddiy tomosha emas, balki yillar davomida kutilgan imkoniyatga aylanishi mumkin.

Qanday qilib batafsil maʼlumot olish va ishtirok etish mumkin?

Loyihada ishtirok etish yoki tanish insonni qoʻllab-quvvatlash tartibi haqida Kapital-shouning quyidagi rasmiy manbalari orqali maʼlumot mumkin:

Sayt: www.musofir.asia

Telegram-bot: t.me/musofir_shou_bot

Telegram-kanal: t.me/musofir_shou

Instagram: instagram.com/musofir_shou

YouTube: youtube.com/@Musofir_Shou

TikTok: tiktok.com/@musofir_shou

Operator: +998 88 785 1797

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+