12 012.300 so‘m

decrease

-32.420

13 466.990 so‘m

decrease

-58.030

145.330 so‘m

decrease

-0.130

12 012.300 so‘m

decrease

-32.420

10 soat avval
Iqtisodiyot
86

Xalq bankining sugʻurta kompaniyasi Davaktiv boshqaruviga oʻtkazildi

Xalq bankiga tegishli “Xalq Sugʻurta” AJning 100 foiz aksiyalari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazildi. Ustav kapitali 80 mlrd soʻm boʻlgan kompaniya 2026–2027 yillarda xususiylashtirilishi rejalashtirilgan davlat aktivlari roʻyxatiga kiritilgan. Sugʻurtalovchi joriy yilning birinchi yarmida 15,4 mlrd soʻm sof foyda olgan.

Xalq bankining sugʻurta kompaniyasi Davaktiv boshqaruviga oʻtkazildi

Xalq bankining shoʻʼba korxonasi hisoblangan “Xalq Sugʻurta” AJning barcha aksiyalari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (Davaktiv) oʻtkazildi. Bu haqda eʼlon qilingan korporativ maʼlumotlarda keltirilgan.

Xalq banki kuzatuv kengashi tegishli qarorni 21 sentabr kuni qabul qilgan. Aksiyalarga egalik huquqi esa 16 oktabrda oʻzgargan.

Davaktivga nominal qiymati 1 000 soʻmdan boʻlgan 80 mln dona aksiya oʻtkazilgan. Ularning umumiy nominal qiymati 80 mlrd soʻmni tashkil etadi. Mazkur paket sugʻurta kompaniyasi ustav kapitalining 100 foiziga teng.

Taʼkidlash joizki, 80 mlrd soʻm kompaniyaning sotuv narxi emas, balki oʻtkazilgan aksiyalarning nominal qiymati hisoblanadi.

“Xalq Sugʻurta” 2026 yil 28 avgustdagi PF–177-sonli prezident farmoni bilan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturiga kiritilgan. Unga koʻra, kompaniyaning davlat ulushini 2026–2027 yillarda ommaviy savdolarga chiqarish rejalashtirilgan.

Shu tariqa, aksiyalarning Davaktivga oʻtkazilishi sugʻurta kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorlash bosqichi hisoblanadi. Hozircha uning sotuvga chiqarilish sanasi, boshlangʻich narxi yoki potensial xaridori haqida maʼlumot eʼlon qilinmagan.

Kompaniyaning moliyaviy natijalari qanday?

2026 yil 1 iyul holatiga “Xalq Sugʻurta”ning jami aktivlari 278,54 mlrd soʻmni, ustav kapitali esa 80 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Kompaniya yilning birinchi yarmida 30,12 mlrd soʻm daromad olgan. Sof foyda esa 15,42 mlrd soʻmga yetgan.

Sugʻurta kompaniyasi 2011 yil may oyida tashkil etilgan boʻlib, hayotni sugʻurta qilishdan tashqari sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan.

Xalq banki oshkor qilgan maʼlumotlarga koʻra, “Xalq Sugʻurta” chiqarilgach, bankning kamida 10 foiz ulushga ega boʻlgan korxonalari soni beshtani tashkil etmoqda.

Xususan, bank “Xalq Lizing”, “Xalq Faktoring”, “Xalq mikromoliya tashkiloti” va “Perfect capital investment” kompaniyalarining 100 foiz ulushiga, shuningdek, “United Venchures”ning 14 foiz ulushiga egalik qiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+