12 187.680 so‘m

decrease

-48.450

14 366.840 so‘m

decrease

-73.020

159.090 so‘m

decrease

-0.010

12 187.680 so‘m

decrease

-48.450

13 soat avval
Bozor
71

Wolt yetkazib berish xizmati Oʻzbekistondagi faoliyatini toʻxtatadi

Kompaniya 2026 yil 5 martdan boshlab ilova va rasmiy sayt orqali buyurtmalarni qabul qilishni toʻliq toʻxtatishini maʼlum qildi. Qaror bozor sharoitlari va barqaror biznes yuritish bilan bogʻliq qiyinchiliklar bilan izohlangan.

Wolt yetkazib berish xizmati Oʻzbekistondagi faoliyatini toʻxtatadi
Foto: AI/Pinkod.uz

Wolt yetkazib berish xizmati Oʻzbekistondagi faoliyatini toʻxtatadi. Bu haqda kompaniya oʻzining mobil ilovasi va rasmiy saytida maʼlum qildi.

Kompaniya bayonotida qayd etilishicha, 2026 yil 5 martdan boshlab ilova yoki sayt orqali buyurtma berish imkoni boʻlmaydi. 

“Biz Oʻzbekistonda xizmatimiz faoliyatini toʻliq toʻxtatish haqida qaror qabul qildik. Bu xabar siz uchun noxush yoki noqulay boʻlishi mumkinligini tushunamiz. Kundalik hayotingizning bir qismi boʻlish biz uchun muhim edi va Wolt’ni tanlaganingiz uchun sizdan minnatdormiz”, — deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, 2026 yil 4 martga qadar servis odatdagi tartibda ishlaydi. Foydalanuvchilar ilova va sayt orqali buyurtma berishda davom etishi mumkin. 5 martdan boshlab esa yangi buyurtmalarni qabul qilish toʻliq toʻxtatiladi.

Shu bilan birga, faoliyat yopilgandan keyin ham mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmati ishlashda davom etadi. U qaytarimlar, bonus va kreditlar, shuningdek avval rasmiylashtirilgan yetkazib berishlar boʻyicha masalalarni hal qiladi.

Kompaniya qarorining asosiy sababi sifatida bozor sharoitlari barqaror rivojlanish standartlariga mos kelmayotgani koʻrsatilgan. Biznes-model qator operatsion va iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan.

Xususan, kompaniya investitsiya siyosatini qayta koʻrib chiqib, uzoq muddatli barqaror oʻsish salohiyati yuqori boʻlgan bozorlarga eʼtibor qaratishga qaror qilgan. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+