11 987.890 so‘m

decrease

-2.650

13 114.750 so‘m

decrease

-22.090

145.410 so‘m

decrease

-0.830

11 987.890 so‘m

decrease

-2.650

Yaqin 13 daqiqa ichida
Bank
67

Uzum Nasiya mikroqarzlarini beruvchi TezCoin mikromoliya tashkilotlari bozorining 61 foizini egalladi

2026 yilning dastlabki toʻqqiz oyida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan jami mikromoliya xizmatlarining qariyb 25 foizi birgina TezCoin hissasiga toʻgʻri keldi. 

Kompaniyaning xizmatlari hajmi bir yilda qariyb uch baravar oshib, 27,3 trln soʻmga yetgan, mikromoliya tashkilotlari segmentidagi ulushi esa 50 foizdan 61 foizga koʻtarilgan. 

TezCoin Uzum Nasiya orqali mikroqarzlar ajratadi. 

Uzum Nasiya mikroqarzlarini beruvchi TezCoin mikromoliya tashkilotlari bozorining 61 foizini egalladi

Oʻzbekistonda 2026 yilning yanvar–sentabr oylarida mikromoliya xizmatlarining umumiy hajmi 109,9 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bankning mikromoliya xizmatlari bozori sharhida maʼlum qilindi.

Xususan, mikromoliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 2,3 baravar oshib, 44,4 trln soʻmga yetgan. Natijada ularning umumiy mikromoliya bozoridagi ulushi bir yil ichida 18,5 foizdan 40,4 foizga koʻtarilgan.

Segmentdagi eng yirik ishtirokchi Uzum Nasiya orqali mikroqarzlar ajratuvchi TezCoin boʻlib qolmoqda. Kompaniya tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 2025 yilning dastlabki toʻqqiz oyidagi 9,5 trln soʻmdan joriy yilning mos davrida 27,3 trln soʻmga yetgan. Bu 187 foizlik oʻsish degani.

Shu tariqa, TezCoin’ning mikromoliya tashkilotlari segmentidagi ulushi bir yil ichida 50 foizdan 61 foizga koʻtarilgan. Mikromoliya tashkilotlari xizmatlari hajmidagi 25,2 trln soʻmlik oʻsishning qariyb 71 foizi birgina TezCoin hissasiga toʻgʻri kelgan.

Taqqoslash uchun, yanvar–sentabr oylarida eng yirik mikromoliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi quyidagicha boʻlgan:

  • TezCoin — 27,3 trln soʻm (61%);
  • Shaffof-Moliya — 3,1 trln soʻm (7%);
  • TBC Credit — 1,9 trln soʻm (4%);
  • qolgan 139 ta tashkilot — 12 trln soʻm (27%).

TezCoin’ning joriy yil toʻqqiz oylik koʻrsatkichi 2025 yil davomida qayd etilgan 15,2 trln soʻmlik natijadan ham qariyb 80 foizga yuqori.

TezCoin va Shaffof-Moliya Uzum Nasiya platformasi orqali moliyaviy xizmatlar koʻrsatadi. Ikki tashkilotning hissasiga mikromoliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan jami xizmatlarning 68 foizdan ortigʻi toʻgʻri kelmoqda.

Uzum Bank rasmiy saytida bank kartasiga ajratiladigan mikroqarzlar “Uzum Fintech Hub” va TezCoin mikromoliya tashkiloti orqali taqdim etilishi koʻrsatilgan.

Markaziy bankning alohida statistik maʼlumotlariga koʻra, 1 oktabr holatiga TezCoin’ning kredit portfeli 7,8 trln soʻmni tashkil etgan. Bu Oʻzbekistondagi barcha mikromoliya tashkilotlari kredit portfelining 38,8 foiziga teng.

Kompaniyaning muammoli kreditlari hajmi 125 mlrd soʻmni yoki kredit portfelining 1,6 foizini tashkil etgan. Sektor boʻyicha ushbu koʻrsatkich 2,7 foizga teng.

Banklar va lombardlar ham hisobga olinsa, Oʻzbekistonda yanvar–sentabr oylarida koʻrsatilgan barcha mikromoliya xizmatlarining qariyb 25 foizi birgina TezCoin hissasiga toʻgʻri kelgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+