12 965.340 so‘m

decrease

-14.820

14 525.070 so‘m

decrease

-81.500

161.340 so‘m

decrease

-0.290

12 965.340 so‘m

decrease

-14.820

3 kun avval
Iqtisodiyot

Uzum Market, Olcha va Glotr marketpleyslarida qalbaki mahsulotlar sotilayotgani aniqlandi

Qalbaki mahsulotlar Puma, Lacoste, Adidas, Chanel, Gucci, Samsung va Bosch kabi mashhur xalqaro brendlar tovar belgilari ostida ishlab chiqarilgan va sotuvga qoʻyilgan.

Uzum Market, Olcha va Glotr marketpleyslarida qalbaki mahsulotlar sotilayotgani aniqlandi
Foto: AI / Pinkod.uz

Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra, Oʻzbekistondagi ayrim yirik onlayn savdo platformalarida kontrafakt mahsulotlar sotilayotgani aniqlandi.

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, noqonuniy mahsulotlarning erkin muomalaga chiqishining oldini olish hamda huquq egalarining qonuniy manfaatlarini tiklash maqsadida respublika hududida faoliyat yuritayotgan Uzum Market, Olcha va Glotr elektron savdo platformalari faoliyati oʻrganildi.

Monitoring natijalariga koʻra:

  • Uzum Market platformasida 220 dan ortiq,
  • Olcha va Glotr platformalarida esa 50 ga yaqin kontrafakt mahsulotlar savdoga taklif etilayotgani aniqlangan.

Noqonuniy mahsulotlar, asosan, kiyim-kechak, kosmetika vositalari va maishiy texnika turkumlarida uchramoqda. Ular mashhur xalqaro brendlar — Puma, Lacoste, Adidas, Chanel, Eclat, Gucci, Samsung, Bosch tovar belgilari ostida ishlab chiqarilgan va sotuvga qoʻyilgan.

Aniqlangan holatlar boʻyicha huquq egalarining murojaatlari asosida “Uzum Market” platformasidan bir qator kontrafakt mahsulotlar savdosi toʻxtatilgan va ular tizimdan olib tashlangan.

Shuningdek, qolgan aniqlangan holatlar yuzasidan ham tegishli huquq egalariga rasmiy ravishda xabarnomalar yuborilgan boʻlib, ularning munosabatlariga asosan qonuniy choralar koʻrilishi belgilangan.

Adliya vazirligi tadbirkorlik subʼektlari va fuqarolardan intellektual mulkka oid huquqlari buzilgan taqdirda 1008 qisqa raqamli ishonch telefoni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishlarini soʻraydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+