11 986.300 so‘m

increase

10.940

13 937.670 so‘m

decrease

-83.080

163.610 so‘m

increase

0.700

11 986.300 so‘m

increase

10.940

1 soat avval
Bozor
63

UzNIF aksiyalari narxi Toshkentda 40 foizdan koʻproqga, Londonda esa 10 foizga qimmatlashdi

UzNIF aksiyalari Toshkent va London fond bozorlarida IPO narxidan yuqori darajada savdo qilinmoqda.

Toshkent Respublika fond birjasidagi ilk savdo kunida jamgʻarma aksiyalari eng koʻp savdo qilinayotgan aktivga aylandi. Savdolar boshlanganidan keyin qisqa vaqt ichida bitimlar hajmi 1,2 mlrd soʻmdan oshib, bitta aksiya narxi esa 6,20 soʻmdan koʻtarildi.

Bu dastlabki joylashtirish narxiga nisbatan 40,6 foizlik oʻsishni anglatadi. London fond birjasida esa UzNIF GDR’lari $27,50 narx bilan ochilib, IPO narxidan 10 foiz yuqori savdoga chiqdi.

UzNIF aksiyalari narxi Toshkentda 40 foizdan koʻproqga, Londonda esa 10 foizga qimmatlashdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Toshkent Respublika fond birjasida Oʻzbekiston milliy investitsiya jamgʻarmasi (UzNIF) aksiyalari bilan savdolar ilk kundayoq sezilarli oʻsish bilan boshlandi. Buni birja kotirovkalari maʼlumotlaridan koʻrish mumkin.

Avvalroq UzNIF aksiyalari bilan savdolar 18 maydan boshlanishi maʼlum qilingandi. Savdolarning birinchi kunida deyarli ikki soat ichida bitimlar hajmi 1,2 mlrd soʻmdan oshdi.

Xabar tayyorlanayotgan vaqtda UzNIF aksiyalari fond bozorida eng koʻp savdo qilinayotgan aktiv boʻlib turibdi. Hozirda bitta UzNIF aksiyasi narxi 6,20 soʻmni tashkil qilmoqda. Savdolar davomida eng yuqori narxi 7,50 soʻm boʻlgan.

Savdolarning ilk kunida aksiya narxi 24 foizga oshgan. Dastlabki joylashtirish narxiga nisbatan esa oʻsish 40,6 foizni tashkil qilmoqda. IPO davomida 12 mlrd soʻmgacha boʻlgan buyurtmalar uchun bitta aksiya 4,41 soʻmdan taklif qilingan edi.

Aksiyalarni qanday sotib olish mumkin?

UzNIF aksiyalarini sotib olish uchun investor avvalo brokerlik hisobvaragʻi ochishi kerak. Chunki jismoniy shaxs fond birjasida bevosita oʻzi savdo qila olmaydi — aksiyalar broker orqali xarid qilinadi. Broker mijoz topshirigʻi asosida uning nomidan va hisobidan qimmatli qogʻozlar bilan bitim tuzuvchi professional ishtirokchi hisoblanadi.

Buning uchun investor Toshkent fond birjasi aʼzosi boʻlgan brokerlardan birini tanlaydi. Broker tanlangach, u bilan shartnoma tuziladi va brokerlik hisobvaragʻi ochiladi. Odatda buning uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat va STIR yetarli boʻladi.

Masalan, bozorda Jett, GoInvest kabi mobil ilovalar orqali brokerlik hisobini masofadan ochish, hisobga pul kiritish va aksiyalarni sotib olish imkoniyati mavjud.

Hisob ochilgandan keyin investor brokerlik hisobiga mablagʻ kiritadi. Shundan soʻng brokerning savdo tizimi, mobil ilovasi yoki shaxsiy kabineti orqali UzNIF aksiyalarini qidiradi. UzNIF aksiyalari Toshkent fond birjasida UZNF tickeri ostida savdoga qoʻyilgan, oddiy aksiya kodi esa UZ705898 hisoblanadi.

Keyingi bosqichda investor nechta aksiya olmoqchi ekanini va qanday narxda xarid qilishini belgilaydi. Agar bozorda shu narxda sotuvchi mavjud boʻlsa, buyurtma bajariladi va aksiyalar investor portfelida aks etadi. Agar mos narxda sotuvchi topilmasa, buyurtma bajarilmay qolishi yoki qisman bajarilishi mumkin.

Londondagi koʻrsatkichlar

Londonda esa UzNIF aksiyalari GDR shaklida chiqarilgan edi. 18 may kuni Oʻzbekistonning yirik davlat aktivlaridan biri ilk bor London fond birjasida global investorlar savdosiga chiqdi. Mazkur tadbirda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etmoqda.

18 may kuni London fond birjasida savdolar UzNIF GDR’lari uchun $27 narx bilan ochildi. Bu IPO narxi — $25 ga nisbatan 10 foizlik oʻsishni anglatadi. Umumiy savdolar davomida GDR’larning eng yuqori narxi $28,03 gacha koʻtarilgan (15 may kuni). 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+