12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

14 107.450 so‘m

increase

51.900

150.180 so‘m

increase

4.560

12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

15-fevral, 21:45
Bank

UZCARD kartalari uchun SMS xizmatlari 2 baravarga qimmatlamoqda

1 martdan boshlab plastik karta operatsiyalari boʻyicha 5800 raqamidan keladigan Uzcard SMS-xabarnomasi xizmati va CardXabar Telegram boti uchun yangi narxlar amal qilishni boshlaydi.

UZCARD kartalari uchun SMS xizmatlari 2 baravarga qimmatlamoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

UZCARD SMS xizmatlarini taqdim etuvchi Play Mobile MChJ tizimdagi kiruvchi xabarlar tariflarining oʻzgarishi haqida eʼlon qildi.

2025 yil 1 martdan boshlab Beeline, Humans, Perfectum, Ucell, Mobiuz va UzMobile operatorlari abonentlari uchun 5800 raqamidan yuborilgan har bir SMS narxi endilikda 84,2 soʻm oʻrniga 168,40 soʻmni tashkil etadi.

“SMS-trafik hajmi 75% ga oshganligi, shunga qaramay joriy SMS-xabardorlik tariflari 2019 yildan beri oʻzgarmaganligi, dasturiy-apparat majmuasini xizmat koʻrsatish xarajatlarini sezilarli darajada oshirdi”, — dedi kompaniya matbuot xizmati.

Xabarda soʻnggi yillarda elektr energiyasi narxi 100% ga, bazaviy hisoblash miqdori 68% ga, aloqa operatorlari tomonidan SMS xizmati uchun olinadigan oʻrtacha narx esa 300% ga koʻtarilgani narxlar oshirilishiga sabab sifatida koʻrsatilgan.

Bundan tashqari, UZCARD’ga tegishli CardXabar Telegram botining xizmat koʻrsatish narxlari ham oʻzgarmoqda. 1 martdan boshlab amaldagi 1 000 soʻm oʻrniga oʻzgaruvchan paketlar amal qilishni boshlaydi. Paketlar narxi 5 ming soʻmdan(250 tagacha kiruvchi xabarlar uchun) 500 ming soʻmgachani tashkil qiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+