12 196.000 so‘m

increase

3.940

14 141.260 so‘m

increase

144.780

151.740 so‘m

increase

8.740

12 196.000 so‘m

increase

3.940

4 soat avval
Bank
33

Uzcard 2025 yilda 1,3 trln soʻm foyda koʻrdi

“Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ 2025 yilda 2,17 trln soʻm tushum va 1,3 trln soʻm sof foyda qayd etdi. 

Biroq kompaniya tomonidan toʻlangan foyda soligʻi miqdori atigi 6 mlrd soʻmni tashkil qilgan. 

Bunga Uzcard’ning IT-Park rezidenti sifatida foyda soligʻi boʻyicha berilgan imtiyozlardan foydalanib kelayotgani sabab boʻlgan.

Uzcard 2025 yilda 1,3 trln soʻm foyda koʻrdi
Foto: AI/Pinkod.uz

“Yagona umumrespublika protsessing markazi” (Uzcard brendi) 2025 yil uchun xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) asosida tayyorlangan mustaqil moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Hisobot Ernst & Young xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan ijobiy xulosa bilan tasdiqlangan.

2025 yilda kompaniyaning xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalardan olgan jami tushumi 2,17 trillion soʻmni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2024 yilda bu koʻrsatkich 1,29 trillion soʻm boʻlgan.

Daromadning asosiy qismi quyidagi manbalardan shakllangan:

  • Tranzaksiyalar protsessingidan olingan komissiyalar — 1,94 trillion soʻm
  • Tranzaksion boʻlmagan protsessing komissiyalari — 230,6 milliard soʻm
  • Boshqa tushumlar — 2,6 milliard soʻm

2025 yil yakuniga koʻra kompaniyaning operatsion foydasi 1,51 trillion soʻmni tashkil etdi (2024 yilda — 903,9 mlrd soʻm). Yil yakunida sof foyda 1,3 trillion soʻmga yetdi. Taqqoslash uchun, 2024 yilda Uzcard 955,7 mlrd soʻm sof foyda koʻrgan.

Hisobotga koʻra, kompaniyaning jami aktivlari 1,08 trillion soʻm, xususiy kapitali esa 809 milliard soʻmni tashkil etgan.

Soliq toʻlovlari

2025 yil davomida byudjetga amalda 6 mlrd soʻm foyda soligʻi toʻlangan. Bundan tashqari, operatsion xarajatlar tarkibida 69,99 milliard soʻm miqdorida boshqa soliqlar va majburiy toʻlovlar amalga oshirilgan. Ushbu summa quyidagilardan iborat:

  • IT Park Uzbekistan ga ajratmalar — 38,65 mlrd soʻm
  • Boshqa soliqlar va majburiy toʻlovlar — 31,34 mlrd soʻm

Nima uchun soliqlar foydaga nisbatan juda kam?

Kompaniya IT-Park rezidenti hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli soliq va bojxona imtiyozlaridan, xususan, Oʻzbekiston hududidagi faoliyati boʻyicha foyda soligʻidan ozod qilinish huquqidan foydalanib keladi. Daromadning katta qismi aynan soliqqa tortilmaydigan daromadlar toifasiga tushgan.

Biroq, qonunchilikdagi oʻzgarishlarga asosan, 2026 yil 1 apreldan boshlab Uzcard IT-Park rezidenti mezonlariga javob berishni toʻxtatadi va foyda soligʻidan ozod qilish kabi imtiyozlar bekor qilinadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+